Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

IIV Tezkor-qidiruv departamenti tomonidan tuman hokimi lavozimiga tayinlash evaziga 80 ming dollar talab qilgan shaxslar qo‘lga olindi.

Kadr: Telegram

Qayd etilishicha, 18-may kuni IIVga Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida yashovchi ariza bilan murojaat qilgan. 2023-yilning aprel oyida o‘zini Prezident Administratsiyasi xodimi sifatida shaxs va sherigi unga Uchko‘prik hamda Beshariq tumanlari hokimlari 30-aprel kuni referendum o‘tgandan so‘ng, lavozimdan bo‘shatilishlarini aytgan. Ularning o‘rniga nomzod qidirib yurganliklarini, Uchko‘prik tuman hokimi lavozimiga tayinlanishini hal qilib berish evaziga 80 ming AQSH dollari, shundan hujjatlarni rasmiylashtirish uchun avvaldan 25 ming AQSH dollari talab qilgan.

Arizaga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Mirobod tumanida ikki nafar shaxs ariza muallifidan talab etilgan pullardan 25 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ularning yonidan bir nechta fuqarolarni rahbarlik lavozimlariga tayinlanishini so‘rab, Prezident Administratsiyasi nomiga yozilgan ariza va ilova hujjatlari tekshirib ko‘rish uchun olingan.

Holat yuzasidan IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, har ikki gumonlanuvchi qamoqqa olingan.

Noqonuniy ishga kiritish holatlari

Qashqadaryoda uch nafar fuqaroni temiryo‘l uzeliga ishga joylashtirish uchun qariyb 70 mln so‘m olgan shaxs ushlangani, Buxoroda tadbirkorlarni aldab, 51 ming dollar pulni qo‘lga kiritgan shaxs qo‘lga olingani, Andijon va Buxoroda fuqarolarni noqonuniy yo‘l bilan ish va o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar aniqlangani haqida xabar qilingan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »