Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida meteorologik radiolokator o‘rnatildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Foto: To‘raqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati

Balandligi 24 metr bo‘lgan radiolokator Finlyandiyaning Vaisala kompaniyasi mutaxassislari bilan hamkorlikda o‘rnatildi.

Qurilma 200 kilometr radiusdagi mavjud va kutilayotgan ob-havo hodisalari, jumladan, bulutlar oqimi, shamol tezligi va yo‘nalishi, yomg‘ir, do‘l, qor miqdori va davomiyligi haqida xabardor qiladi. Shuningdek, momaqaldiroq sodir bo‘lgan hududlarni meteorologik kartalarga tushirish imkoniyati mavjud.

Foto: To‘raqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati

Maʼlumotlar har 5 daqiqada yangilanadi va muntazam ravishda “O‘zgidromet”ning meteorologik lokatorlar geoportaliga uzatib beriladi.

Radiolokatorni ishga tushirish marosimida “O‘zgidromet” rahbari Sherzod Habibullayev, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska, Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi Xatori Takashi va Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Botir Nuriddinov ishtirok etdi.

Foto: To‘raqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati

Eslatib o‘tamiz, 2022-yil mart oyida xuddi shunday radiolokator Buxoro viloyatining Kogon tumanida ham o‘rnatilgandi. O‘shanda Sherzod Habibullayev O‘zbekistonda tabiiy ofatlar har yili o‘rtacha 1,4 million kishining hayotiga salbiy taʼsir ko‘rsatayotgani, yetkazilayotgan zarar esa qariyb 3 milliard dollarni tashkil etayotganini taʼkidlagandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »