Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Adliya vazirligida 26-may kuni Bosh prokuratura, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va “KPMG Audit” kompaniyasi ekspertlari ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Adliya vazirligi axborot xizmati

Tadbirda so‘nggi yillarda O‘zbekistonda yoshlar va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini yanada oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan BMT Taraqqiyot dasturining “O‘zbekistonda samarali, hisobdor va shaffof boshqaruv institutlari orqali korrupsiyaga qarshi kurashish” loyihasi ko‘magida “KPMG Audit” (O‘zbekiston) kompaniyasi ekspertlari ishtirokida amalga oshirilgan “Davlat organlari va ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi ta’lim va halollik tizimini yaratish” loyihasi yakunlangani va loyiha natijasida tayyorlangan o‘quv materiallari va modullari tarqatildi.

Ta’kidlanishicha, ushbu loyiha davlat xizmatchilari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xodimlari hamda ta’lim muassasalarining o‘quvchi va talabalarida halollikni mustahkamlash va korrupsiyaning barcha ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan. Loyiha doirasida ta’lim sohasidagi turli maqsadli guruhlar uchun korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha o‘quv dasturlari, korrupsiyaga qarshi kurashning zamonaviy mexanizmlari, mansabdor shaxslar va davlat muassasalari xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy savodxonligi va huquqiy bilimini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlar xodimlarini korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o‘qitish bo‘yicha o‘quv kurslari ishlab chiqildi.

Foto: Adliya vazirligi axborot xizmati

Xususan, maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni korrupsiyaga qarshi tarbiyalash bo‘yicha uslubiy qo‘llanma ishlab chiqilgan. Ushbu qo‘llanma 3 ta bob va 6 ta qismdan iborat bo‘lib, korrupsiyaga qarshi ta’lim va korrupsiyaga qarshi dunyoqarashni shakllantirishga qaratilgan. Ma’lumotlar, shuningdek, tarqatma va videomateriallar shaklida mavjud. Qo‘llanma maktabgacha ta’lim muassasasida bolalar ongida korrupsiyaga qarshi ko‘nikmalarni shakllantirishda, ularni halol va nomusli, korrupsiya kabi salbiy ijtimoiy hodisaga nisbatan murosasizlik ruhida tarbiyalashda tarbiyachilar uchun  ko‘makchi bo‘ladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »