Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahridagi kongress xollda O‘zbekistondagi MTO texnologiyasi asosida ishlovchi gaz-kimyo kompleksi va Air Products kompaniyasi o‘rtasida gazni sanoat darajasida qayta ishlash to‘g‘risidagi bitimni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, “Metanol oroli” nomi bilan tanilgan ushbu inshoot yiliga 1,34 million tonna quvvatga ega bo‘ladi va O‘zbekistonda metanoldan olefin ishlab chiqarish bo‘yicha gaz-kimyo kompleksi tarkibiga kiradi.

O‘zbekistonning Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi erkin iqtisodiy zona hududida bunyod etilajak zavod 15 gektar maydonni egallaydi. Zavodni 2025-yilda ishga tushirish mo‘ljallangan bo‘lib, ekspluatatsiya muddati 25 yil.

Tabiatga ziyon yetkazish darajasi yuqori bo‘lgan ko‘mirdan foydalanadigan boshqa MTO korxonalaridan farqli o‘laroq, dunyodagi ilg‘or innovatsion texnologiyalar asosida ishlaydigan O‘zbekistondagi MTO gaz-kimyo kompleksi mamlakatda qazib olinib, qo‘shilgan qiymat ko‘rsatkichlari past bo‘lgan tabiiy gazni yuqori darajadagi qo‘shilgan qiymatga ega bo‘lgan polimer mahsulotlarini ishlab chiqarish maqsadida chuqur qayta ishlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, yilik ishlab chiqarish quvvati 1 110 000 tonnadir.

MTO gaz-kimyo kompleksida polipropilen, past zichlikdagi polietilen, etilenvinilasetat, polietilen tereftalat, yuqori zichlikdagi polietilen singari mahsulotlar ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.

Mahalliy ishlab chiqarish O‘zbekistonga iqtisodiyotni diversifikatsiyalash, importning o‘rnini bosish va mahsulotlarni boshqa mintaqalarga eksport qilish borasidagi maqsadlarga erishishga yordamlashadi.

Metanol zavodi metanol, vodorod va boshqa sanoat gazlari, xususan, kislorod va azot kabilarning barqaror yetkazib berilishini ta’minlab, ular MTO gaz-kimyo kompleksining ishlab chiqarish jarayonlari uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

“Biz dunyoda sanoat gazlarini ishlab chiqarish sohasi yetakchisi bo‘lgan Air Products kompaniyasi bilan hamkorlik qilishdan mamnunmiz. Air Products yuqori sifat va talab qilinadigan mahsulot hajmini kafolatlay oladigan, samaradorligi isbotlangan yechimlarning ishonchli ta’minotchisi sifatida o‘zini namoyon qilib ulgurgan.
 
Kompaniya investitsiyalari xalqaro ishlab chiqaruvchilarning O‘zbekistondagi sanoat rivojlanishi bilan bog‘liq imkoniyatlarga bo‘lgan qiziqishi yuqori ekanini namoyish etadi”, — dedi MTO gaz-kimyo kompleksi bosh direktori Masrur Shakirov.

Zavod qurilishi yakunlangach, Methanol Island hududida vodorod, kislorod va azot ishlab chiqariladigan vodorod ishlab chiqarish va havo ajratish qurilmalari, sintetik gaz ishlab chiqarish va uni metanolga aylantirish uchun mo‘ljallangan metanol qurilmasi ishlab chiqarish quvvatlari joylashadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »