Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qashqadaryo viloyati IIB hamda DXX viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy qurol savdosi bilan shug‘ullangan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda “Vaziyat 24” dasturida ma’lum qilindi.

Kadr: Telegram

Qayd etilishicha, 25-aprel kuni Qamashi tumanida yashovchi 32 yashar fuqaro qo‘lbola usulda yasagan qurol yashirib qo‘yilgan joyni xaridorga aytgan. Tezkor guruh tomonidan aytilgan manzil ko‘zdan kechirilgach, u yerdan qo‘lbola usulda yasalgan 16 kalibrli o‘qotar qurol va 4 dona patron topilgan.

Qurolni yasagan shaxs kelishilgan 19 million so‘m hamda 100 dollar pulni olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

“Oddiy trubalar, tunuka-prujinadan yasadim shu narsani. ‘Otib ko‘rsatmasang bo‘lmaydi’, deyishdi. Ishlaydi deganimda, ‘Otib ko‘rsataver, sendan nima ketdi’, dedi. Xo‘p, deb otib ko‘rsatdim. Xaridor 2 ming dollar beraman degandi. Telefon qilib, pulni chiqarib yuborgani, odami Qamashini bilmasligini, pulni olib qolishimni aytdi”, — deydi gumonlanuvchi.

Mazkur holat yuzasidan qonunbuzarga nisbatan Jinoyat kodeksining 248-moddasi (o‘qotar qurolning, o‘q-dorilarning, o‘qotar qurol asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlatish vositalarining yoki portlatish qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va ayni paytda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda. 32 yashar erkak ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

O‘zbekistonda quroldan foydalanish tartibi

O‘zbekistonda “Qurol to‘g‘risidagi” qonun 2019-yil 29-iyulda Prezident tomonidan imzolangan. Fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning o‘q-dorilarini ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyat faqat O‘zbekiston hududida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekistonda noqonuniy saqlangan qurollarni o‘z ixtiyori bilan IIVga topshirganlarga pul mukofoti beriladi.

2022-yilda “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, prokuratura organlari xodimlari xizmat quroli va shaxsiy himoya vositalarini qonunchilikda belgilangan tartibda saqlash, olib yurish hamda ulardan foydalanish huquqiga egaligi belgilangandi (ilgari faqatgina olib yurishi mumkinligi ko‘rsatilgan).

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »