Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Kiyev rejimi” va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mavjud ekan, Rossiya—Ukraina o‘rtasidagi muzokaralar imkonsiz, dedi Rossiya sobiq prezidenti, amaldagi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev.

Foto: “TASS”

“Kiyev rejimi, masxaraboz Zelenskiy bor ekan, muzokaralar olib borilmaydi”, — dedi u Vyetnamga tashrifi chog‘ida.

Shu bilan birga, Medvedev ertami-kechmi Moskva va Kiyev muzokara qilishga majbur bo‘lishini tan oldi, biroq Ukrainada “bu odamlar” hokimiyat tepasida turar ekan, Rossiya nuqtayi nazaridan muzokaralar borasidagi vaziyat o‘zgarmasligini ta’kidladi.

Shuningdek, u Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha mavjud tinchlik rejalarining barchasini o‘rganib chiqish kerakligini qo‘shimcha qildi.

May oyi boshida The Wall Street Journal Yevropadagi manbalariga tayanib, AQSH Milliy xavfsizlik kengashidagi asosiy vakillar Moskva va Kiyev o‘rtasidagi muzokaralar tarafdori ekani haqida xabar bergan edi, ammo avval Davlat departamenti va Markaziy razvedka boshqarmasi Ukraina qarshi hujumining natijasini ko‘rmoqchi.

Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksiy Danilovning aytishicha, boshqa davlatlar Kiyevni Moskva bilan Rossiya shartlari asosida muzokara olib borishga majburlamoqchi. Biroq uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina faqat o‘z shartlari asosida muzokaralar olib boradi, ular orasida Zelenskiyning mamlakatni 1991-yildagi chegaralariga qaytarish talabi bor.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »