Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tongda uyg‘onganingizda o‘zingizni yomon his qilasiz, kun davomida esa bezovta qiluvchi alomatlar izsiz yo‘qolib qoladimi. The Voice mag nashriga ko‘ra, bunday organizm signallariga ko‘z yummaslik kerak, chunki u jiddiy xavf haqida ogohlantirayotgan bo‘lishi mumkin.

Onkologik kasalliklarning asosiy hiylasi ularni tashxislash qiyinligidadir. Dastlabki bosqichlarda o‘smalar o‘zini umuman namoyon qilmaydi, ba’zan esa deyarli sezilmaydigan signallarni beradi. Aynan shu miltillovchi “mayoqlar”ga erta bosqichda saraton kasalligini aniqlash va u bilan kurashni o‘z vaqtida boshlash uchun e’tibor berish lozim.

Ertalab uyg‘ongandan so‘ng paydo bo‘ladigan ikkita alomat bor va kun davomida ular yo‘qoladi. Ulardan biri uyg‘onganda xarakterli bosh og‘rig‘i bo‘lib, u boshning har ikki tomonida seziladi.

Bu ertalabki alomat ko‘pincha miya saratonini ko‘rsatadi va kun davomida u umuman sezilmaydi, shuning uchun odamlar buni jiddiy qabul qilmaydi. Og‘riqlar tuni bilan miyada suyuqlik to‘planishi tufayli yuzaga keladi, chunki o‘simta uning tabiiy aylanishini bloklab qo‘yadi.

Tungi uyqudan keyin paydo bo‘ladigan saratonning yana bir alomati yo‘taldir. Agar bemor cheksa, bu holatga ko‘proq e’tiborli bo‘lishi zarur. Yo‘talish yuqumli infeksiyalarni o‘pkaga kirishidan himoya qiladigan organizmning tabiiy refleksi bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu organdagi o‘simta nafas yo‘llarini qisman to‘sib qo‘yadi va tun davomida balg‘amni ushlab turadi, shuning uchun ertalab kuchli yo‘tal tutadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »