Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yil oxirigacha Kuala-Lumpur va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Foto: Batik Air

Bu haqda Malayziyaning yirik kundalik nashrlaridan bo‘lgan The New Straits Times gazetasida qayd etilgan. Unda Batik Air (sobiq Malindo Air) loukoster aviakompaniyasi strategik rivojlanish bo‘yicha direktori Chandran Rama Muti ushbu aviatashuvchi Malayziya va O‘zbekiston o‘rtasida haftasiga uch marta aviaqatnovlar amalga oshirish rejalashtiriliayotgani, birinchi reys shu yilning noyabr yoki dekabr oylarida boshlanishini ma’lum qilgan.

Chandran Rama Mutining gazetasi muxbiri bilan suhbatda bildirishicha, Batik Air ayni paytda Toshkent xalqaro aeroporti rasmiylari bilan muzokaralar olib bormoqda va parvozlarni boshlash uchun ruxsat berilishini kutmoqda.

“Payshanba kuni Uzbekistan Airports Singapurning Changi Airports International kompaniyasi bilan Toshkent xalqaro aeroportini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yganligini e’lon qildi, chunki O‘zbekistonda turizm sanoati jadal sur’atlarda rivojlanmoqda”, — degan Chandran Rama Muti.

Batik Air Kuala-Lumpur—Toshkent yo‘nalishida Boing kompaniyasining tor fyuzelyajli B737 MAX8 yoki Airbus’ning keng fyuzelyajli A330 samolyotlaridan foydalanishi mumkin, chunki ular 8,5 soatgacha parvoz qilishi mumkin.

Ayni paytda Uzbekistan Airways ham Toshkent—Kuala-Lumpur yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni amalga oshirmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »