Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kinoda liboslarning ahamiyati katta. Ular aktyorlarga rolga yaxshiroq moslashish va qahramonni his qilishlariga yordam beradi. Ammo film qahramoni ekranda qanchalik ajoyib ko‘rinishga ega bo‘lsa, aktyor suratga olish ishlarida shunchalik qiynalgan bo‘ladi.

Rene Zellveger — “Pem haqida nimadir”

Foto: AdMe

Jinoyatchi Pem Xap obrazini yaratish uchun Rene Zellveger har kuni 4,5 soatgacha vaqtini grimyor kreslosida o‘tkazdi. Aktrisa katta kostyum va silikon protez kiygan edi. Renening yelimga allergiyasi borligi sabab suratga olish paytida u ko‘p miqdorda antigistaminlar ichishga majbur bo‘ladi.

Rege Peyj — “Yengilmas jamoa va ajdar”

Foto: AdMe

Rege filmda juda noqulay kostyum kiyganidan shikoyat qiladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, zirhli sovutda harakat qilishning o‘zi bo‘lmagan. “Kun bo‘yi issiq kiyimda terlab o‘tirasan. Ter hech qayerga chiqib ketmaydi, ichkarida qolib ketadi. Suv ostiga sho‘ng‘ish kostyumini kiyganga o‘xshaysan, farqi o‘zingdan chiqayotgan terga g‘arq bo‘lib o‘tirasan!”, — deb o‘rtoqlashadi “Brijertonlar” yulduzi.

Margo Robbi — “Uoll-strit bo‘risi”

Foto: AdMe

Aktrisaning sochi va makiyajiga taxminan ikki soat ketgan. Ammo kiyimlarni kiyish undan ham ko‘p vaqtni oladi. Margo qahramoni kiygan barcha kiyim va aksessuarlar vintaj edi. Ular ichida ilon terisidan tikilgan Prada etiklari ham bor edi — Robbiga kamida ikki o‘lcham kichikroq. Ammo aktrisa ham, suratga olish guruhi ham ulardan foydalanishga ahd qiladi. “Etiklarni deyarli ikki oy davomida kengaytirishga harakat qildik. O‘sha kun kelganda oyoqlarimni moylashdi, keyin bolalar kukuni sepishdi va 20 daqiqa davomida quritishga harakat qilishdi. Men qonni tushirish uchun oyoqlarimni baland ko‘tarib o‘tirdim. Shuncha harakatlarga qaramay etiklar kadrda ko‘rinmagan. Buni ko‘rib yig‘lab yuboray dedim”, — deb eslaydi aktrisa.

Bred Pitt — “Vampir bilan intervyu”

Foto: AdMe

Vizual effektlar ustasi sifatida tanilgan Stenli Uinston aktyorlarning tashqi ko‘rinishi uchun mas’ul edi. Shuningdek, u grim uchun maxsus texnikani ixtiro qildi. Shaffof teri ko‘rinishiga erishish uchun har kuni grimdan oldin aktyorni 30 daqiqa davomida oyog‘ini osmondan qilib qo‘yishgan. Bu vaqt ichida qon boshga tushadi, tomirlar shishib, aniq ko‘rinib qoladi. Vizajistlar faqat konturlarni chizib olishlari kerak edi. Ba’zan protsedura bir necha marta takrorlangan.

Ammo aktyorning azobi bu bilan cheklanmaydi. U noqulay sun’iy tish va kontakt linza taqishiga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, suratga olish asosan tunda olib borilgan va suratga olish guruhi deyarli quyoshni ko‘rmagan. Jarayon Bred Pittni shunchalik charchatadiki, loyihani tark etmoqchi bo‘ladi. Agar aktyor shartnoma bo‘yicha to‘lashi kerak bo‘lgan 40 million dollar jarima bo‘lmaganida, uni Luizian Kreol Lui rolida ko‘rmagan bo‘lardik.

Xaver Bardem — “Quvg‘in”

Foto: AdMe

Aka-uka Koenlar filmi Bardemga “Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor” nominatsiyasida “Oskar” olib keldi. E’tiborlisi, aktyor dastlab filmda rol o‘ynashni istamagan, qahramonining soch turmagini ko‘rgandagina fikridan qaytgan. Ko‘pchilik o‘ylaganidek, bu parik emasdi. Shu sababli aktyor kundalik hayotda ham shu turmakda yurishi kerak edi. “Sut sotib olish uchun do‘konga chiqsam, hamma mendan qo‘rqardi”, — deydi aktyor.

“Titanik” filmining aktrisalari

Foto: AdMe

Rouzning onasi rolini ijro etgan Frensis Fisherning aytishicha, korsetlar va kattakon shlyapalar aktrisalarga suratga olishda juda ko‘p muammo tug‘dirgan. Hech kim bemalol nafas ololmay, hatto o‘tirolmay qolgan. Bundan tashqari, hojatxonaga borish muammo edi. Katta ko‘ylaklar ko‘chma kabinalarga sig‘masdi, shuning uchun har safar aktrisalar yuk mashinalarida kiyinish xonalariga olib ketilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »