Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Koreya instituti bilan 6,6 mln dollar miqdoridagi grant loyihasini amalga oshirish bo‘yicha bitim imzolandi, deb xabar bermoqda Tabiat resurslari vazirligi matbuot xizmati.

Foto: Tabiat resurslari vazirligi matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, Janubiy Koreyada Tabiat resurslari vazirligi va Koreya atrof-muhit sanoati va texnologiyalari instituti (KEITI) o‘rtasida Jizzax viloyatida tibbiyot chiqindilarini utilizatsiya qilish va poligonlardan chiqayotgan gazlarni ushlab qoluvchi obyektlarni qurish loyihasi doirasida dastlabki istiqbollari muhokama qilindi. Ushbu institut bilan qiymati 6,6 mln dollar miqdoridagi grant loyihasini amalga oshirish bo‘yicha bitim imzolandi.

Loyiha doirasida 500 kVt-1 MVt quvvatiga teng chiqindi poligonlaridan chiqayotgan gazlarni yig‘ish inshootini qurish, 500 kVt-1 MVt quvvatga ega elektr stansiyasiga ulanishi mumkin bo‘lgan chiqindi gaz yig‘ish tizimini qurish, kuniga 5-10 tonna tibbiyot chiqindilarni yoqish inshootini o‘rnatish, moddiy texnik bazani mustahkamlash maqsadida maxsus texnikalar va boshqa qurilmalar xarid qilish rejalashtirilgan.

Shuningdek, 6 ta chiqindilarni qayta yuklash stansiyasini qurish, 5 ta yangi poligon qurish hamda yangi qurilgan poligonlarga tibbiyot chiqindilarni yoqish usuli bilan yo‘q qilish uskunasi, kompost qilish uskunasi, konteynerlar va maxsus texnikalar xarid qilish ko‘zda tutilgan.

Uchrashuvda kelgusida KEITIning Toshkentdagi ofisini ochish istiqbollari ham muhokama qilingan. Mazkur ofis butun Markaziy Osiyo davlatlari uchun mintaqaviy markaz sifatida xizmat qiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »