Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Andijonda 20 yoshli yigit suvga cho‘kib ketdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov “Daryo”ga ma’lum qildi. 

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Marhamat tumanida yigit sevgan qizini kanaldan qutqarmoqchi bo‘lib, o‘zi cho‘kib ketgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Ta’kidlanishicha, Marhamat tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro A.N.ning suvda cho‘kib vafot etgani yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Aniqlanishicha, 5-may kuni soat 18:00 larda shu tumanda yashagan 20 yoshli yigit A.N. “Rohat” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Janubiy Farg‘ona kanaliga cho‘kib ketgan. Holat yuzasidan so‘ralgan guvohlarning ko‘rsatmasiga ko‘ra, u shu tumanda yashovchi, o‘ziga avvaldan tanish bo‘lgan qiz G.X.ni qutqarish maqsadida suvga tushgan. Qiz atrofdagi odamlar tomonidan qutqarib qolingan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida A.N.ning jasadini topish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berilgan. Natijada A.N.ning jasadi 8-may kuni 11:30 larda Janubiy Farg‘ona kanalining “Polvontosh” MFY hududidan oqib o‘tuvchi qismidan topilgan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida shaxslardan tegishli tushuntirish xatlari olinib, tegishli tashkilotlarga alohida topshiriqlar yuborilib, sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

O‘zbekistonda cho‘kib ketish holatlari

O‘zbekistonda 2022-yil yoz mavsumida 142 nafar fuqaro cho‘kish bilan bog‘liq vaziyat tufayli vafot etgan. Baxtsiz hodisalar 51 holatda cho‘milish taqiqlangan, ruxsat etilmagan, cho‘milish uchun sharoit bo‘lmagan, xavfli suv havzalarida cho‘milganlik oqibatida, 85 holatda esa ehtiyotsizlik sabab yuzaga kelgan.

Ushbu cho‘kkanlarning 45,3 foizi voyaga yetmaganlar hisobiga to‘g‘ri keladi. Ehtiyotsizlik oqibatida yuzaga kelgan 85 kishining cho‘kishi daryolar, kanallar hamda ariqlarning ustidagi suv, gaz, chiqindi oqova suv quvurlaridan yo‘lni qisqartirish maqsadida ko‘prik sifatida foydalanib o‘tishlari hamda suv havzalari qirg‘oq bo‘ylarida xavfsizlik qoidalariga rioya etmagani sababli yuz bergan.

Holat yuzasidan hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda, natijasi yuzasidan qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »