Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bu narsalar kecha-yu kunduz ishlatilmaydi, lekin juda ko‘p energiya sarflaydi. Qaysi maishiy texnika energiya to‘lovlariga eng ko‘p ta’sir qilishini bilib oling.

Portativ isitkich

Foto: Adobe Stock

Shuni yodda tutingki, ushbu qurilma soatiga taxminan 1500 vatt quvvatda ishlashi mumkin. Konditsioner ham taxminan shunday ko‘rsatkichda ishlaydi.

Idish yuvish mashinasi

Foto: Adobe Stock

Albatta, idish yuvish mashinasi eng qulay qurilmalardan biri, ammo juda qimmat texnika. Bu qurilma nafaqat maxsus yuvish vositalarini, balki ko‘p elektr energiyasini ham talab qiladi — har soatda taxminan 1350 vatt energiya ketadi.

Fen

Foto: Adobe Stock

Soch quritkichdan uzoq vaqt foydalanmasangiz ham, soatiga 1000 dan 1875 vattgacha energiya iste’mol qilishini unutmang.

Dazmol

Foto: Adobe Stock

Kiyimlaringizni dazmollash ko‘p energiya talab qilmasligi mumkin, lekin dazmolning o‘zi soatiga taxminan 1200 vatt quvvat sarflaydi, shuning uchun ehtiyotkorlik bilan dazmollashni talab qiladigan choyshablar va murakkab kiyimlarni dazmollasangiz, bu energiya hisobingizga ta’sir qilishi mumkin.

Toster

Foto: Adobe Stock

Nonni qovurish yoki pitssani qizdirish bir necha daqiqa vaqt olishi mumkin, ammo o‘sha paytda o‘ylaganingizdan ham ko‘proq energiya sarflanayotgan bo‘lishi mumkin. Toster soatiga taxminan 1150 vatt iste’mol qiladi.

Havo namlagich

Foto: Adobe Stock

Namlagichlar juda quruq havoni namlash uchun juda yaxshi texnika, lekin agar u energiya tejaydigan model bo‘lmasa, har soatda 1000 vattgacha quvvat ishlatishi mumkin — namlagichlar kuniga bir necha soat muntazam ravishda ishlatiladi.

Mikroto‘lqinli pech

Foto: Adobe Stock

Mikroto‘lqinli pechlar turli quvvat darajalarida ishlashi mumkin, ammo o‘rtacha model 600 dan 1500 vattgacha energiya iste’mol qilishi mumkin. Albatta, kamdan kam odam mikroto‘lqinli pechni bir soat ketma-ket ishlatadi, lekin ko‘p odamlar muzdan tushirish jarayonini shu tarzda tezlashtirishni afzal ko‘rishadi.

Kofe qaynatgich

Foto: Adobe Stock

Agar siz har kuni ertalab qahva ichishni yoqtirsangiz, uni tayyorlash uchun qancha energiya kerakligini bilishingiz mumkin. Qahva qaynatgich soatiga o‘rtacha 600 dan 1200 vattgacha elektr sarflaydi.

Changyutkich

Foto: Adobe Stock

Mikroto‘lqinli pech singari changyutkich ham modeliga qarab o‘rtacha 300 dan 1000 vattgacha energiya iste’mol qiladi.

Choynak

Foto: Adobe Stock

O‘z-o‘zidan elektr choynak unchalik energiya “yemaydigan” bo‘lib ko‘rinishi mumkin, ammo hammasi uni qanday ishlatishingizga bog‘liq. Agar uni kuniga 3-4 marta yoqsangiz, u holda sizga 600-700 vatt kerak bo‘ladi, lekin butun oila uni cheksiz ishlatsa, ko‘rsatkichlar ikki yoki uch baravar yuqori bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ko‘pchilik suvni qayta isitmaslik uchun qolgan qaynoq suvni termosda saqlashni afzal ko‘radi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »