Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tehron—Pekin yo‘nalishida IRM079 reysini amalga oshirayotgan Mahan Air aviakompaniyasining samolyoti Toshkentga favqulodda uchib keldi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Uzbekistan Airports

Qayd etilishicha, samolyot 28-may kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:20 da Toshkent aeroportiga kelib qo‘ngan.

Qo‘nishga yurak xurujiga uchragan yo‘lovchi sabab bo‘lgan. Yo‘lovchining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli ekipaj muqobil aerodromga o‘tishga qaror qilgan.

Aeroportga qo‘ngach, yo‘lovchi tez yordam mashinasida olib ketilgan va malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tibbiy muassasaga yotqizilgan.

Favqulodda qo‘nish bilan bog‘liq holatlar

2022-yil oktabrda Rossiya “Azimut” aviakompaniyasining Moskvadan Urganchga uchayotgan samolyoti Samaraga favqulodda qo‘ngandi. Bunga yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i yomonlashgani sabab bo‘lgan. 18-yanvar kuni esa “Aeroflot” kompaniyasi samolyoti ​​Moskvadan Goaga uchayotgan vaqtida Urganchga qo‘ndirilgan edi. Fevral oxirlarida “Azimut” aviakompaniyasining Samarqand—Ufa yo‘nalishi bo‘ylab uchgan samolyoti texnik sabablarga ko‘ra “Samarqand” xalqaro aeroportiga qaytgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »