Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kino ijodkorlari kompyuter grafikasidan, masalan, personajlarni yoshartirish uchun tobora ko‘proq foydalanmoqda. Bunday holatda ustalik bilan ishlash kerak: qahramon yuzini silliq qilgan holda originaliga o‘xshashligini yo‘qotmaslik juda ham muhim.

Xarrison Ford — “Indiana Jons va taqdir charxpalagi”

Foto: AdMe

“Indiana Jons va taqdir charxpalagi” filmida aktyorni yoshartirish uchun sun’iy intellektdan foydalanilgan. AI dasturi haqiqiy aktyorning yuziga qo‘yilgan Xarrison Fordning eski kadrlarini o‘rganadi. Treylerga qaraganda, yoshartirilgan versiya haqiqiydek ko‘rinadi.

Orlando Blum — “Xobbit”

Foto: AdMe

Orlando Blum “Uzuklar hukmdori” trilogiyasida Legolas rolini o‘ynadi va butun dunyoda mashhur bo‘ldi. 10 yildan so‘ng uning qahramoni “Xobbit” filmida paydo bo‘lishi kerak edi. Elflar chiroyli bo‘lib, hech qachon qarimaydi, shuning uchun ijodkorlar jamoasi Blumni CGI bilan yoshartirish kerak degan qarorga keladi. Ammo kompyuterlashtirilgan Legola “Uzuklar hukmdori” filmidagi o‘ziga unchalik o‘xshamaydi.

Samuel L. Jekson — “Kapitan Marvel”

Foto: AdMe

“Kapitan Marvel”da Samuel L. Jekson 2019-yilda 71 yoshga to‘lganiga qaramay 40 yoshli Nik Fyurini ko‘rsatishi kerak edi. Kino tanqidchilarning ta’kidlashicha, kino ijodkorlari maxsus effektlarni yaratishda katta ish qilgan.

Jonni Depp — “Karib dengizi qaroqchilari: murdalar ertak aytmaydi”

Foto: AdMe

2017-yilda chiqqan film fleshbekida tomoshabinlar yosh Jek chittakni ko‘rishadi. Aktyor o‘sha paytda 53 yoshda edi. Yaxshi bajarilgan kompyuter grafikasi tomoshabinlarni hayratda qoldirdi.

Entoni Xopkins — “Yovvoyi G‘arb dunyosi”

Foto: AdMe

Entoni Xopkinsning “Yovvoyi G‘arb dunyosi” filmidagi yosh qahramoni juda ishonarli ko‘rinadi. Suratga olish paytida aktyor 78 yoshda edi. Serial ijodkorlari obraz yaratishda kompyuter grafikasi va jonli tasvirlar kombinatsiyasidan foydalangan. Ya’ni grafikaga Xopkins asos qilib olingan, keyin esa mutaxassislar uning yoshligidagi suratidan foydalangan va aktyorga ekranda kerakli ko‘rinishni bergan.

Arnold Shvarsenegger — “Terminator: Genezis”

Foto: AdMe

“Plastik” Terminator muxlislarga ham, kino tanqidchilariga ham yoqmaydi. Filmda ijodkorlar aktyorning gavdasini olib, unga qahramonning raqamli boshini “yopishtirishgan”. Terminatorning raqamli versiyasini yaratish uchun 12 oy vaqt ketdi, biroq OAV bu “kino tarixidagi eng yomon yoshartirishlardan biri” ekanligini yozdi.

Uill Smit — “Egizaklar”

Foto: AdMe

Kino tanqidchilari “Egizaklar” filmidagi vizual effektlarning yuqori darajasini e’tirof etishadi. Bu Uill Smit qahramoni va uning yoshroq versiyasi qarama-qarshi bo‘lgan jangovar film. Aktyor bosh qahramon va uning klonini o‘ynaydi. Kinoijodkorlar personajlarni yaratishda kompyuter grafikasidan ko‘p foydalanganiga shubha yo‘q.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »