Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kosovo shimolidagi to‘qnashuvlar chog‘ida 50 dan ortiq kishi jarohatlandi, deya xabar bermoqda OAV shifokorlarga tayanib.

Bugun tunda Zvekan munitsipalitetida tartibsizliklar boshlandi. Serblar mahalliy hokimiyat binosi oldiga yig‘ildi. Ular Kosovo politsiyasini olib chiqib ketishni va kosovo-alban merini chaqirib olishni talab qilishdi. Ularning binoga yaqinlashishiga Kosovo politsiyasi va NATO qurolli kuchlari to‘sqinlik qilgan. Xavfsizlik kuchlari namoyishchilarga qarshi kuch ishlatgan, dubinkalarni qo‘llagan, ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz sepgan va olomonga 30 ga yaqin shovqinli granatalar uloqtirgan.

Aprel oyi oxirida mahalliy serblar tomonidan boykot qilingan Shimoliy Kosovo va Metoxiyadagi to‘rtta munitsipalitetda mahalliy saylovlar bo‘lib o‘tdi. Saylovchilar soni to‘rt foizga ham yetmagan bo‘lsa-da, asosan serblardan iborat Shimoliy Mitrovitsa, Zvekan, Zubin Potok va Leposavichda alban nomzodlari g‘alaba qozondi. O'tgan hafta Prishtina yangi merlarni lavozimga tayinlashga urinib ko'rdi, bu esa navbatdagi keskinlikni keltirib chiqardi.

26-may kuni kosovo-alban politsiyasi Leposavich, Zubin Potok va Zvekan shaharlaridagi munitsipal binolarni zo'rlik bilan egallab oldi. Serblar xavfsizlik kuchlari va amaldorlarning kirib kelishiga to'sqinlik qilishga uringan, to'qnashuvlar sodir bo'lgan, politsiya harakatlari natijasida o'n kishi jarohatlangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »