Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Samarqand viloyatida fuqarolarni noqonuniy yo‘llar bilan AQSHga yuborish bilan shug‘ullanib kelgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Kadr: Telegram

Qayd etilishicha, 22 yoshli fuqaro IIBga ariza bilan murojaat qilib, Samarqand shahrida yashovchi shaxs firibgarlik yo‘li bilan noqonuniy tarzda AQSHga jo‘natish ishlari bilan shug‘ullanib kelayotganini ma’lum qilgan. U avvaliga Yevropa davlatlari orqali Meksikaga, u yerdan esa AQSH hududiga olib o‘tish uchun 30 ming AQSH dollari, hujjatlarni rasmiylashtirish uchun esa oldindan 10 ming AQSH dollari talab qilgan.

Samarqand viloyat IIB Tezkor-qidiruv xizmati Jinoyat-qidiruv boshqarmasi Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Samarqand shahar Ali Qushchi ko‘chasida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida ushbu shaxs arizachidan 10 ming dollar olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

AQSHga yuborish holatlari

Mart boshlarida Samarqand shahrida 64 nafar fuqaroni AQSHga yuborishini aytib, ularning 4 milliard so‘mini o‘zlashtirganlarga sud hukmi o‘qilgandi. Shuningdek, Samarqandda Meksika orqali AQSHga yuborishini aytib, fuqarodan 50 ming dollar so‘ragan shaxs ushlangani, Samarqandda fuqaroni 30 ming dollarga AQSHga yubormoqchi bo‘lgan haydovchi qo‘lga olingani, Navoiyda fuqaroni AQSHga ishga yuborishini aytib, 800 dollar olgan shaxs ushlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »