Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyaning Belgorod viloyati gubernatori Vyacheslav Gladkov viloyatning Ukraina tomonidan o‘qqa tutilish muammosining yechimi Xarkov viloyatini qo‘shib olish ekanini aytdi. “RBK” yozishicha, Gladkov “Rossiya 24” telekanali efirida mintaqa xavfsizligi uchun nima qilish kerak, degan savolga javob bergan.

“Xarkovni Belgorod viloyatiga qo‘shib olish”, — degan Gladkov.

“Buning imkoni borligiga ishonasizmi?” — so‘ragan muxbir.

“Bu Belgorod viloyati — Xarkov viloyatining o‘qqa tutilish muammolarini hal qilishning eng yaxshi yo‘li”, — deb takrorlagan gubernator.

Gladkov “Rossiya 24” telekanaliga bergan intervyusida, shuningdek, Belgorod viloyati nafaqat muntazam ravishda o‘qqa tutilayotgani, balki Ukrainadan “diversant-razvedka guruhlari” viloyat hududiga kirib kelayotganini aytgan.

“Biz amalda urush sharoitida yashayapmiz. Kimgadir yoqsa-yoqmasa, bu davom etyapti. Dushman kelmoqda, Grayvorondagi so‘nggi voqealardan oldin bizga beshta diversant-razvedka guruhlari kirib kelgandi”, — deydi Gladkov.

Avvalroq, Belgorod viloyati hukumati vakillari “diversantlar”ning bostirib kirishga urinishlari oldi olingani haqida bir necha bor ma’lum qilishgan. 22-may kuni Belgorod viloyati hokimiyati “Ukraina Qurolli kuchlarining diversant-razvedka guruhi” Grayvoron shahar okrugi qishloqlariga kirganini e’lon qildi. Glotovo, Kozinka va Gora-Podil aholi punktlarida janglar kechgani xabar qilindi. Ertasi kuni Rossiya Mudofaa vazirligi rossiyalik harbiylar ukrainalik “diversantlarni mag‘lub etgani” haqida xabar berdi. Voqea uchun javobgarlikni Ukraina tomonida jang qilayotgan “Rossiya ozodligi legioni va Rossiya ko‘ngillilar korpusi o‘z zimmasiga oldi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »