Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Oliy Radaga Eronga qarshi 50 yil muddatga sanksiyalar joriy etishni taklif qiluvchi rezolyutsiya loyihasini taqdim etdi.

Foto: Ukraina prezidenti ofisi

Sanksiyalar, xususan, Eron rezidentlari bilan harbiy va ikki tomonlama maqsadli tovarlar savdosini to‘liq taqiqlashni, texnologiya va intellektual mulk huquqlarini Eron rezidentlariga o‘tkazishni taqiqlashni nazarda tutadi. Bundan tashqari, Eron rezidentlari tomonidan chiqarilgan elektron to‘lov vositalariga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatish taklif qilinmoqda.

Rezolyutsiya bo‘yicha ovoz berish sanasi hali belgilanmagan.

Eron Rossiyaga o‘q-dori va Shahed kamikadze dronlarini yetkazib bermoqda. O‘tgan hafta Vladimir Zelenskiy Eron fuqarolariga murojaat qilib, ularni Ukrainadagi urushda Rossiya terroriga sherik bo‘lmaslikka chaqirgandi.

Avvalroq The Wall Street Journal manbalarga tayanib, oxirgi olti oy ichida Eron Rossiyaga 300 mingga yaqin artilleriya snaryadlari va millionta o‘q-dori yuborgani haqida xabar bergandi.

2022-yil kuzida Eron Rossiyaga “Fateh-110” va “Zulfiqor” ballistik raketalarini yetkazib bermoqchi ekani maʼlum bo‘lgandi. Mart oyi boshida Financial Times gazetasi Rossiyaning keyin AQSH Ukrainaga uzoq masofaga uchuvchi ATACMS raketalarini yetkazib bera boshlashidan qo‘rqib, Erondan haligacha ballistik raketa sotib olmayotgani haqida yozdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »