Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov onalik va bolalikni muhofaza qilish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar va ularning yechimiga bag‘ishlab o‘tkazilgan videomuloqotda tug‘uruq komplekslari faoliyatini tanqid qildi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Foto: SSV matbuot xizmati

Qayd etilishicha, vazir o‘z ma’ruzasida so‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda aynan tug‘uruq komplekslari faoliyati bo‘yicha ko‘plab salbiy fikrlar tarqalayotganiga urg‘u berib, internet tarmog‘i faollari tizimdagi og‘ir nuqtalarni ko‘rsatib berayotgani uchun ularga minnatdorlik bildirdi.

“Davlatimiz tomonidan dori-darmon va sarflov materiallari uchun yetarli miqdorda mablag‘ ajratilayotgan bir paytda nega homiladorlarga yoki uning qarindoshlari qo‘liga dori-darmon ro‘yxati yozib berilmoqda, deb o‘zimizga savol berishimiz kerak. Tug‘uruq kompleksi rahbarining o‘zi korrupsiyaning tepasida bo‘lsa, hammani bir ko‘zda ko‘rmasa, tanish-bilishchilik qilsa, unda nima bo‘ladi, muassasada nosog‘lom muhit shakllanib, jamoa parokandalikka uchraydi. Aksariyat muassasalar faoliyati yuzasidan kelib chiqqan shikoyatlarning negizida shu omillarni ko‘ryapmiz”, — degan Amrillo Inoyatov.

Shuningdek, muloqotda tug‘uruqlarning aksariyati kesarcha kesish orqali amalga oshirilayotgani, bu operatsiyalarni ayrim muassasalarda faqat bir mutaxassis o‘tkazib, boshqa yosh va mahoratli shifokorlarga imkoniyat berilmasligi, bunga esa muassasa rahbarining aralashuvi sabab bo‘layotgani keskin tanqid qilingan.

Videomuloqotda tibbiyotning barcha sohalari xodimlari uchun zarur bo‘lgan etika-deontologiya masalalari ham ko‘tarilgan. Bemor murojaat qilib kelganda “seni noto‘g‘ri davolabdi, xato operatsiya qilibdi, endi men to‘g‘rilayman” degan nosog‘lom qarash bilan kurashish zarurati haqida to‘xtalib o‘tilgan.

Jumladan, bemorlar va ularning qarindoshlari bilan muloqot qilishda xalqaro tajribada keng qo‘llanadigan front-ofis tushunchasi haqida so‘z yuritilgan. Ya’ni, bunda muassasaning registratura va qabul bo‘limlari xodimlari uchun kommunikativ standartlar, bemor holatining yomonlashuvi yoki yaqinlarining noroziligiga sabab bo‘luvchi harakatlardan tiyilishda amal qilish lozim bo‘lgan me’yorlar haqida ma’lumot berilgan.

Yig‘ilish yakunida faoliyati bo‘yicha ko‘p e’tiroz kelib tushayotgan muassasalar rahbarlari keskin tanqid qilinib, kamchilikka yo‘l qo‘ygan mas’ullar qat’iy ogohlantirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »