Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH prezidenti Jo Bayden turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan telefon orqali suhbatda Amerikaning F-16 qiruvchilarini Anqaraga sotish imkoniyatini Shvetsiyaning NATOga kirishi mavzusi bilan bog‘ladi. Bayden jurnalistlarga suhbat tafsilotlari haqida gapirib berdi, deb yozmoqda Reuters.

Foto: EPA

Amerika yetakchisi Erdo‘g‘onga qo‘ng‘iroq qilib, Turkiyada bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichidagi g‘alabasi bilan tabriklagan. Baydenning so‘zlariga ko‘ra, suhbat chog‘ida Erdo‘g‘on Anqaraning AQSHdan F-16 samolyotlarini sotib olish istagini takrorlagan. Bunga javoban AQSH prezidenti Vashington Anqaradan Shvetsiyaning NATOga kirishiga qarshi eʼtirozlardan voz kechishini istayotganini aytgan.

“Men Erdo‘g‘on bilan gaplashdim. Erdo‘g‘onni tabrikladim. U hanuz F-16 ga aloqador qaror qabul qilishni istamoqda. Men unga Shvetsiya bilan (uning NATOga kirishi bo‘yicha — “Daryo” izohi) muzokara olib bormoqchiligimizni aytdim”, — deya Bayden kelasi hafta Erdog‘on bilan bu mavzularda batafsil gaplashishini aytdi.

Anqara Amerikaning F-16 samolyotlarini sotib olmoqchi, ammo Shvetsiyaning NATOga kirishiga qarshi

Turkiya AQSHdan 20 milliard dollarlik 40 ta F-16 qiruvchi samolyoti hamda o‘zidagi eski qiruvchilarni modernizatsiya qilish uchun 80 ga yaqin komplekt so‘ramoqda. Bayden ma’muriyati kelishuvni qo‘llab-quvvatlashini bir necha bor ta’kidlagan bo‘lsa-da, Kongress e’tirozlari tufayli savdo to‘xtatilgan.

Qo‘shma Shtatlar Turkiyaga, agar Anqara Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lishiga yashil chiroq yoqmasa, F-16 bo‘yicha Kongress ma’qullovini olish qiyin bo‘lishini bildirgan, deydi Reuters manbasi.

Turkiya mart oyi oxirida Finlyandiyaning NATOga kirishini tasdiqladi, biroq Shvetsiyaning aʼzoligiga eʼtiroz bildirishda davom etmoqda va Stokgolm “terrorchilarga” boshpana berayotganini aytmoqda. Turkiyadan tashqari Shvetsiyaning arizasi hali Vengriya tomonidan ham ma’qullanmagan.

Shimoliy Atlantika alyansining iyul oyida bo‘lib o‘tadigan Vilnyus sammitida Vashington uchun ustuvor vazifalardan biri — Shvetsiyaning NATOga qo‘shilishi bo‘ladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »