Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Oliy Majlis Senati qo‘mitalarida navbatdagi yalpi majlis kun tartibi doirasida muhokama qilinishi nazarda tutilgan masalalar  ko‘rib chiqilmoqda

Senat a’zolari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari doimiy komissiyalari raislari, qo‘mita huzuridagi ekspertlar guruhi a’zolari, mutasaddi vazirlik va idoralar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi muhim qonun muhokama qilindi.

Qo‘mita a’zolarining so‘zlariga ko‘ra, ayrim qonun hujjatlarida manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida tushuntirish berilgan bo‘lsa-da, davlat organlari va muassasalarida ularni amalga oshirish va nazorat qilishning aniq mexanizmlari belgilanmagan, sohada yagona amaliyotni shakllantiruvchi vakolatli organ mavjud emas, manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida xabar berish amaliyoti yo‘lga qo‘yilmagan hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunda davlat organlarida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish yoki uni bartaraf etish talablari buzilishiga yo‘l qo‘ygan xodimlari, shuningdek, ularning rahbarlari qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘lishi belgilangan bo‘lsa-da, qonunchilik hujjatlarida javobgarlik masalalari nazarda tutilmagan.

“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun yuqoridagi muammolarni bartaraf etish bilan birga korrupsiyaviy holatlarni keltirib chiqaruvchi manfaatlar to‘qnashuvi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilganligi bilan ahamiyatli hisoblanadi. Qonun bilan manfaatlar to‘qnashuvining tushunchasi, davlat xizmatchilarining majburiyatlari hamda uni tartibga solish bo‘yicha aniq mexanizmlar belgilanmoqda. 

Qonunning qo‘llanilish doirasi aniqlashtirilmoqda, ya’ni davlat va mahalliy davlat hokimiyati organlariga, davlat muassasalariga, davlat unitar korxonalariga, davlat maqsadli jamg‘armalariga, shuningdek, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlariga nisbatan, shuningdek, o‘z ustav fondida davlat organlari yoki boshqa tashkilotlarning ulushi jami 50 foiz miqdorda va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.

Davlat tashkiloti faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solishda vakolatli organlar belgilanmoqda. Endilikda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, davlat tashkilotlarining odob-axloq komissiyalari, kadrlar bo‘linmalari va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solishni amalga oshiradigan organlar sifatida mustahkamlanmoqda.

Shuningdek, qonunda davlat tashkiloti xodimlariga nisbatan manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha cheklovlar, manfaatlar to‘qnashuviga oid talablarni buzishning huquqiy oqibatlari, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ygan holda qabul qilingan va tuzilgan bitimlarni sud tartibida haqiqiy emas deb topish asoslari, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yganlik uchun javobgarlik choralari belgilanmoqda.

Senatorlar qonunning amaliyotga tatbiq etilishi manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solishning aniq qonuniy mexanizmi belgilanishiga, manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solishda davlat nazorati amalga oshirilishiga, davlat xizmatchilarining bevosita rahbarlari tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi holatlari yuzaga kelganda tegishli choralar ko‘rilishiga, davlat xizmatchilari tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldi olinishiga erishilishi qayd etildi. Muhokama yakunida qo‘mitaning tegishli qarori qabul qilindi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »