Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida joylashgan avtosalon rahbariga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. U juda ko‘p miqdordagi mablag‘larni talon-toroj qilishda gumonlanmoqda. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.

Taʼkidlanishicha, bu haqda internetda xabar eʼlon qilingach, prokuratura munosabat bildirgan.

“Viloyat prokuraturasi uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan ‘Surxondaryo Avtosanoat Agrotexservis’ MCHJ rahbari Y.O. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi ‘a’ bandi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan juda ko‘p miqdorda talon-toroj qilish) va boshqa moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jinoyat ishi doirasida bir qator shaxslar, shu jumladan, ‘Surxondaryo avtotexxizmat’ MCHJ rahbari B.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi ‘a’ bandi va boshqa moddalari bilan ayblov eʼlon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan”, — deyiladi viloyat prokuraturasi axborotida.

Qo‘shimcha qilinishicha, dastlabki tergovda aniqlangan zararlarni undirish maqsadida, ayblanuvchi shaxslarning nomidagi mol-mulklari xatlangan. Ammo “Surxondaryo avtotexxizmat” MCHJga tegishli bino va inshootlar xatlanmagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »