Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Daryo” muxbiri Shuhrat Saidahmadov Orol dengizining qurigan tubida mangulikka cho‘kkan kemalarni kamera obyektiviga muhrladi. Unda Mo‘ynoqdagi “Kemalar qabristoni”ning hozirgi ko‘rinishini tomosha qilishingiz mumkin.

Mo‘ynoqliklarga ko‘ra, hozirda bir joyda jamlangan “Kemalar qabristoni”ni hosil qiluvchi 13 ta kema oldin Orolqumning o‘rta qismida har biri alohida-alohida holatda turgan. 2000-yillarda maxsus texnikalar yordamida Orolqumga botib qolgan kemalar tortib kelinib, bir joyga jamlangan.

“Kemalar qabristoni” yildan yilga sekin-astalik bilan yo‘qolib ketishi mumkin. Har yili shamol, yomg‘ir, quyosh nuri sabab kemalarning temiri yemirilmoqda. Bir necha o‘n yillar oldin esa kemalarning motorlari va og‘ir temir bo‘laklari mahalliy aholi tomonidan olib ketilgan.

2019-yil 4-oktabrda ushbu hudud Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritilib, davlat muhofazasiga olingan.

1960-yillarda Mo‘ynoq shahri bir xil nomdagi orolning porti bo‘lib, unga yo dengiz orqali yoki samolyotda borish mumkin edi.

Aytishlaricha, bir kechaning o‘zida dengiz suvi 200 metrga sayozlashgan. Ertasi kuni odamlar dengizga kelib, bu holatni ko‘rib yig‘lagan. Vaqt o‘tgandan keyin portdan qirg‘oqqacha kanal qazib, dengizga quyishmoqchi bo‘lishgan. Ammo barcha urinish besamar ketib, suvlar qurilishga sarflangan. Bugungi kunda Orol dengizi va Mo‘ynoq o‘rtasidagi masofa 200 kilometrdan ziyodni tashkil etadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »