Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi CNN telekanaliga bergan intervyusida Ukraina yozda qarshi hujumga o‘tish niyatida ekanligini ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

“Biz Ukraina yozda hujumga tayyorgarlik ko‘rayotganda o‘zini himoya qilish uchun zarur bo‘lgan hamma narsaga ega bo‘lishini istaymiz. Biz yozda Ukrainaga harbiy texnika va mudofaa tizimlarini yetkazib berishni davom ettirish niyatidamiz, shu jumladan, yaqin kelajakda ham”, — dedi Oq uy vakili.

Bugun, 31-may kuni ertalab o‘tgan haftada Kiyevda bo‘lgan amerikalik senator Lindsi Grem yaqin kunlarda Ukrainaning qarshi hujumi boshlanishini aytgan edi. Senatorning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy unga Ukraina qurolli kuchlarining rejalari haqida ma’lumot bergan.

29 may kuni Ukraina Qurolli kuchlari quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy qarshi hujum vaqti “tez orada kelishini” aytdi. Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Oleksiy Danilovning aytishicha, qarshi hujum “ertaga yoki bir haftadan keyin” boshlanishi mumkin.

O‘tgan hafta Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanov Ukraina harbiylari qarshi hujum uchun zarur bo‘lgan minimal miqdordagi qurol-aslaha olganini aytdi. Ukraina prezidenti ofisi rahbari maslahatchisi Mixail Podolyakning aytishicha, qarshi hujum doirasida alohida amaliyotlar boshlangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »