Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov AQSHning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Xenik bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: SSV matbuot xizmati

Qayd etilishicha, muloqot davomida AQSH bilan hamkorlikda tibbiyot sohasida yangi loyihalarni moliyalashtirish yuzasidan o‘zaro fikr almashilgan.

Xususan, O‘zbekistonda farmakopeyani rivojlantirish va referens laboratoriyalarni tashkil etish bo‘yicha grant mablag‘lari 2023-yil Sog‘liqni saqlash vazirligi va AQSHning Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) o‘rtasida imzolanadigan maqsadli kelishuvlar doirasida ajratilishi aytib o‘tilgan.

Shu bilan birga, AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari (CDC) bilan gepatit kasalligini kamaytirish, xastalikning A, B, C turlariga qarshi birgalikdagi harakatlarni ko‘zda tutadigan loyihalarni moliyalashtirish va grant mablag‘larini ajratishga ham kelishib olingan.

Uchrashuvda vazir Amrillo Inoyatov va elchi Jonatan Xenik o‘rtasida tibbiyot mutaxassislari malakasini oshirish, kadrlar almashish va tibbiy taʼlim sohasida grant mablag‘larini ajratish istiqbollari atroflicha muhokama qilingan. Yakunda shu yil mamlakatda O‘zbekiston—AQSH xalqaro tibbiyot forumini o‘tkazish rejalashtirilgan.

2022-yil mart oyida AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) tomonidan so‘nggi olti oy davomida O‘zbekistonga umumiy qiymati qariyb 700 ming dollarga teng tuberkulyozni tezkor diagnostika qilishga mo‘ljallangan GeneXpert tizimlari beg‘araz taqdim etilgani ma’lum bo‘lgandi. 2023—2026-yillarda dori va sarflov vositalari, tibbiy texnika, mutaxassislar tayyorlash va innovatsion ilmiy izlanishlarga davlat budjetidan 33 million, xalqaro donorlar hisobidan esa 26,5 million dollar miqdorida mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »