Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkiyada qayta saylangan prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning inauguratsiyasi o‘tkazilgandan so‘ng Rossiya va Ukraina prezidentlari Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy Turkiyaga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Hurriyet manbalariga tayanib xabar berdi.

Foto: Anadolu

Gazeta inauguratsiya marosimida ishtirok etish uchun ko‘plab xorijiy yetakchilar Turkiyaga kelishini ta’kidladi. O‘z navbatida Vladimir Putin “alohida tashrif” uyushtirmoqchi, undan keyin Vladimir Zelenskiy Turkiyaga boradi, deyiladi xabarda. Nashrning yozishicha, Rossiya va Ukraina prezidentlarining tashrifi chog‘ida urushning borishi hamda g‘alla kelishuvi muhokama qilinadi.

Turkiyadagi prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 4 foizlik farq bilan g‘alaba qozondi. Prezident maslahatchisi Mehmet Uchum, agar Oliy saylov komissiyasi 1-iyunga qadar yakuniy saylov natijalarini e’lon qilsa, Erdo‘g‘onning inauguratsiya marosimi 3-iyun kuni bo‘lishi mumkinligini aytdi.

Rossiya prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putin turkiyalik hamkasbining inauguratsiyasiga boradimi, degan savolga javoban ushbu tadbirga xorijlik yetakchilar taklif qilinganidan xabari yo‘qligini aytgan. Ukraina tomoni ham hozircha Zelenskiyning tashrifi haqida xabar bergani yo‘q.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »