Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tog‘li Qorabog‘ning Mardakert viloyatida rossiyalik tinchlikparvar kuchlarning javobgarlik zonasida o‘t ochishni to‘xtatish rejimining buzilishi qayd etildi, deyiladi Rossiya Mudofaa vazirligi byulletenida.

"Ozarbayjon Qurolli kuchlari tomonidan Mardakert viloyatida o‘t ochishni to‘xtatish rejimining buzilish holati qayd etildi. Qurbonlar yo‘q", deyiladi Mudofaa vazirligining Rossiya tinchlikparvar kuchlari faoliyati haqidagi byulletenida.

Qayd etilishicha, Rossiya tinchlikparvar kontingenti qo‘mondonligi Ozarbayjon va Armaniston tomonlari bilan birgalikda ushbu fakt bo‘yicha surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

2020-yil sentabr oyi oxirida Tog‘li Qorabog‘da jangovar harakatlar qayta boshlandi, bu uzoq muddatli mojaroning davomiga aylandi va tinch aholining qurbon bo‘lishiga olib keldi. Tomonlar sulh tuzishga bir necha bor urinishgan, biroq 10 noyabrga o‘tar kechasi erishilgan uch tomonlama kelishuv muvaffaqiyatli bo‘lgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »