Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘iston parlamenti Majilisi (quyi palata) deputatlari Jinoyat kodeksidan respublikaning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevni haqorat qilganlik uchun javobgarlik to‘g‘risidagi moddani olib tashlash bo‘yicha tuzatishlarni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda parlament deputati Snejanna Imasheva gapirdi, unga ko‘ra, tuzatish “texnik xarakterga ega”.

Foto: Central Asia

Imasheva tushuntirishicha, o‘zgartirish 2022-yil iyun oyida bo‘lib o‘tgan konstitutsiyaviy referendum natijalariga ko‘ra, Elboshi to‘g‘risidagi nizomning asosiy qonundan chiqarib tashlangani bilan bog‘liq.

“Elboshi maqomi endi mavjud emas, shuning uchun jinoiy javobgarlikka ham ortiq zarurat yo‘q, u qo‘llanilmaydi ham”, — dedi deputat.

Qozog‘iston Adliya vazirligi birinchi prezidentning sha’ni va qadr-qimmatini ommaviy haqorat qilish va boshqa turdagi tajovuzlar uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalarni Jinoyat kodeksidan chiqarib tashlash rejalashtirilayotganini tasdiqladi. Snejanna Imashevaning qo‘shimcha qilishicha, bu qoida faqat Elboshiga taalluqli, “unda oilasi haqida gap yo‘q”.

Nursulton Nazarboyev 1989-yilning iyunidan 2019-yilning martigacha Qozog‘iston rahbari bo‘lgan. 2010-yildan beri u Qozog‘iston Respublikasining birinchi prezidenti — Elboshi rasmiy unvoniga egalik qilib kelgan.

2022-yilda Qozog‘istonda referendum natijasida konstitutsiya yangilandi, shu qatorda undan respublikaning birinchi prezidenti haqidagi barcha havolalar chiqarib tashlandi. 2023-yil fevral oyida Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev farmonni imzoladi, unga ko‘ra “Qozog‘iston Respublikasining birinchi prezidenti — Elboshi (millat yetakchisi) to‘g‘risida”gi qonun o‘z kuchini yo‘qotgan deb topildi. Bu qonun Nursulton Nazarboyevga millat yetakchisi maqomini berar va unga bir umrlik imtiyozlarni kafolatlar edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »