Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya Ukrainadagi urushi uchun qancha mablag‘ sarflayotgani o‘rganildi. Bu haqda The Economist xabar bermoqda.

Foto: Bloomberg

Rossiya 2022-yil fevral oyida Ukrainaga bostirib kirganidan beri mamlakatga juda katta zarar keltirdi. Ukrainada minglab odamlar halok bo‘ldi va milliardlab dollarlik infratuzilma vayron qilindi.

Shunga qaramay, bu zararlarning barchasi uchun Rossiya nisbatan kam xarajat qilgan. Mamlakat iqtisodi deyarli hamma kutganidan ancha yaxshi holatda. Urushning to‘g‘ridan to‘g‘ri moliyaviy xarajatlari — odamlar, mashina va qurollarga sarflangan mablag‘ — hayratlanarli darajada past.

Rossiyaning budjeti, ayniqsa uning harbiy budjeti haqida ma’lumotlar noaniq. Shunday ekan, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi uchun qancha mablag‘ sarflayotgani haqidagi taxminlar ham aniq bir nuqtada to‘xtamaydi.

Biroq nashr turli mutaxassislar bilan maslahatlashib, tahlillardan foydalanib, bir to‘xtamga kelgan. Bu Rossiya hukumatining mudofaa va xavfsizlik uchun sarflagan mablag‘lari to‘g‘risida urushdan oldingi prognozi va uni aslida sarflanayotgan mablag‘ bilan solishtirishni o‘z ichiga oladi. 

Bu uning bosqinchilik xarajatlarini yiliga 67 milliard dollar yoki mamlakat yalpi ichki mahsulotining (YIM) 3 foizini tashkil qiladi. Bu tarixiy me’yorlarga ko‘ra, arzimas miqdor. 

Shundan so‘ng, Rossiya ishtirok etgan va ayrim hollarda qatnashmagan boshqa urushlarga sarflangan xarajatlar hisoblab chiqildi.

Infografika: “Daryo” / Bahora Sadirdinova

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushining eng yuqori cho‘qqisida SSSR yalpi ichki mahsulotning 61 foizini urush harakatlariga sarflagan. Taxminan shu vaqtning o‘zida Amerika yalpi ichki mahsulotining taxminan 50 foizini harbiy kuchlariga sarflaydi.

Rossiya nega Ukrainaga bosqin uchun bunchalik kam sarflayotganini uchta sabab tushuntiradi. 

Birinchisi siyosiy. Rossiya hukumatidagi ko‘pchilik Ukrainaga qarshi urushni “maxsus harbiy operatsiya” sifatida ko‘rsatishda davom etishni xohlaydi. Bunday operatsiya yalpi ichki mahsulotning ikki xonali foizini tashkil etishi mantiqiy emas.

Ikkinchisi iqtisodiy. Rossiya urush harakatlarini kengaytirish o‘z fuqarolariga qimmatga tushmasligi uchun kurashadi: 

  • pul bosib chiqarish inflyatsiyani keltirib chiqaradi, turmush darajasini pasaytiradi; 
  • banklarni davlat qarzi bilan yuklash ham xuddi shunday ta’sir ko‘rsatishi mumkin; 
  • soliqlarning ko‘tarilishi yoki davlat xarajatlarining mudofaaga ko‘p miqdorda yo‘naltirilishi ham shaxsiy daromadlarni kamaytiradi.

2024-yilda prezidentlik saylovlari bo‘lishi hisobga olinsa, bu Vladimir Putin uchun muammo hisoblanadi. Putinning g‘alabasi aniqdek ko‘rinadi. Lekin u, masalan, 2011-yilgi qonunchilik saylovlarida bo‘lgani kabi, yirik namoyishlar tufayli sharmanda bo‘lishini istamaydi, — deyiladi xabarda.

Uchinchi sabab kengroq mudofaa iqtisodiyotiga tegishli. Bugungi qurolli kuchlar avvalgilariga qaraganda ancha samarali. Ularni boshqarish uchun kamroq odamlar talab etiladi. Shuningdek, ularning mashinalari har doimgidan aniqroq harakatlanadi.

“Xarajat kasalligi”ning iqtisodiy nazariyasi shuni ko‘rsatadiki, yuqori mahsuldorlikka ega tarmoqlar vaqt o‘tishi bilan YIMning kichikroq ulushini egallashga moyildir. Demak, bugungi kunda 1945-yildagidan ancha kam mablag‘ sarflab, kuchli armiya sotib olish mumkin.

Avvalroq yetakchi davlatlarning 2022-yilgi harbiy xarajatlari e’lon qilingani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »