Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkentning Bektemir tumanida Cobalt uch nafar piyodani urib yuborib, ulardan birining o‘limiga sababchi bo‘ldi.

Foto: Toshkent shahar IIBB

Poytaxt IIBB matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, 28-may kuni soat taxminan 21:30 larda Bektemir tumani, Bektemir yo‘li ko‘chasida haydovchi (1996-yilda tug‘ilgan) Sh.M. Cobalt boshqarib ketayotib, yo‘l chetida harakatsiz to‘xtab turgan “Vaz-2105”ga borib urilgan, so‘ng boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidan harakatlanib ketayotgan 3 nafar piyodani urib yuborgan.

Oqibatda ikki nafar piyoda (2000-yilda tug‘ilgan S.Yu. va 2001-yilda tug‘ilgan  A.K.) va Cobalt haydovchisi tan jarohati olgani sababli tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Biroq piyodalardan yana biri — 1997-yilda tug‘ilgan A.X. olgan tan jarohatlari sababli kasalxonada vafot etgan.

Foto: Toshkent shahar IIBB

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »