Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi 2023-yilda boshlanishi kutilmoqda. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari”ning marketing va logistika bo‘limi boshlig‘i Umidulla Ibrohimovga tayanib, Xitoyning Yicai Global nashri xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Ma’lumotlarga ko‘ra, 523 kilometrlik yo‘nalish bo‘ylab qatnovchi poyezdlar Xitoyning g‘arbiy Shinjon—Uyg‘ur avtonom viloyatidagi Qashg‘ar shahridan jo‘nab, Qirg‘izistonning Qorasuv shahridan o‘tib, O‘zbekistonning Andijon shahrigacha yetib boradi.

Ibrohimovga ko‘ra, temiryo‘l Markaziy Osiyoning iqtisodiy, madaniy va texnologik rivojlanishiga ham hissa qo‘shadi.

O‘z navbatida, Xitoy loyihani amalga oshirish orqali Shinjon—Uyg‘ur viloyatining g‘arbiy provinsiyalarida infratuzilmani yaxshilaydi, — deyiladi Sinxua xabarida.

Bundan tashqari, bu Markaziy Osiyo va Kaspiy dengizi mintaqalarida neft sohasini rivojlantirish va undan foydalanishga yordam beradi. Xitoyga neft importining yangi manbalarini ochadi va mamlakatning energetikani rivojlantirish strategiyasini o‘zgartiradi.

Uning yo‘nalishi avvalroq 2022-yil sentyabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan SHHT sammiti doirasida uch davlat vakillari tomonidan kelishilgan edi. Joriy yilning 29-aprelida temiryo‘l loyihasining texnik-iqtisodiy asoslari tayyorligi ma’lum bo‘lgan. 19-mayda esa temiryo‘l qurilishi bo‘yicha uch tomonlama hujjat imzolandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »