Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi. Bu haqda Oliy Majlis Senati matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Senat matbuot xizmati

Qonun bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solishda vakolatli organ sifatida belgilanmoqda.

Qonunning qo‘llanilish doirasi aniqlashtirilmoqda:

  • davlat organlariga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga;
  • davlat muassasalariga, davlat unitar korxonalariga;
  • davlat maqsadli jamg‘armalariga;
  • ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlariga;
  • o‘z ustav fondida davlat organlari yoki boshqa tashkilotlarning ulushi jami 50 foiz miqdorda va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi:

  • manfaatlar to‘qnashuviga oid holatlar aniqlanganda bitimni bekor qilish, qarorni hamda boshqa hujjatni o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risida davlat organlariga yoki boshqa tashkilotlarga taqdimnoma kiritadi yoxud ularni haqiqiy emas deb topish haqida sudga daʼvo kiritadi;
  • manfaatlar to‘qnashuvini hisobga olish reyestri, mavjud manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi xabarnoma hamda ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyaning namunaviy shakllarini tasdiqlaydi;
  • mazkur infografikada Agentlikning manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish sohasidagi shu va boshqa vakolatlari batafsil aks etgan.

Shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun javobgarlik choralari belgilanmoqda. Xususan:

  • manfaatlar to‘qnashuvini maʼlum qilmaslik yoki uning tartibga solinmaganligi uchun intizomiy yoki qonunchilikda belgilangan boshqa javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lishi;
  • manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ygan holda qabul qilingan qarorlar va tuzilgan bitimlar bekor qilinishi sud tartibida haqiqiy emas deb topilishi, shuningdek, ushbu qarorlar haqiqiy emas deb topilgan taqdirda olingan foyda sud tartibida davlat daromadiga o‘tkazilishi belgilanmoqda.

Quyidagilar uchun maʼmuriy javobgarlik belgilanmoqda:

  • davlat organi xodimlarining manfaatlar to‘qnashuvi haqida xabar bermaganligi uchun – BHMning uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima (takroran bo‘lsa – BHMning besh baravaridan o‘n baravarigacha);
  • mansabdor shaxslarining ushbu vaziyatni tartibga solmaganligi uchun – BHMning besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima (takroran bo‘lsa – BHMning o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha).

Bunda maʼmuriy bayonnoma tuzish vakolati ushbu sohadagi maxsus vakolatli organ — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi zimmasiga yuklatilmoqda.

Yanvar oxirlarida Transparency International xalqaro nodavlat tashkiloti tomonidan Korrupsiyani qabul qilish indeksi 2022-yil natijalari e’lon qilingandi. 180 ta davlat orasida O‘zbekiston 31 ball bilan 126-o‘rinni egalladi. Mamlakat ballarini 3 taga oshirib, o‘rnini 14 pog‘onaga yaxshilashga (2021-yilda 140 o‘rin) muvaffaq bo‘lgan. May oyida esa O‘zbekistonda davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar baholashdan o‘tkazilgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »