Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Twitter bosh direktori Ilon Mask ijtimoiy tarmoqni rebrending qilish rejalarini tasdiqladi.

T(w)itter Daily News portali o‘z akkauntida Maskning yaqinda bergan bayonotidan iqtibos keltirilgan post chop etdi, unda biznesmen kelajakda ijtimoiy tarmoqning funksional imkoniyatlari kengayishi, shu sababli Twitter brendi bunga mos tushmasligini aytgan.

Shuningdek, u yangilanadigan platformada eski Twitter’ga qaraganda uzunroq postlar, videolar chop etish, xabarlar almashish va moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoni bo‘lishini ma’lum qilgan.

Bir necha soatdan so‘ng portal posti ostida Maskning tasdiqlovchi izohi paydo bo‘ldi.

“To‘g‘ri”, — deb yozadi tadbirkor, biroq tafsilotlarni keltirmadi.

Avvalroq Twitter Ilon Maskning X Corp komaniyasi bilan birlashgandan so‘ng amalda mustaqil faoliyatini to‘xtatgani ma’lum bo‘lgan edi. Florida okrug sudi qarorida aniqlik kiritilishicha, qonuniy birlashish 2023-yil 4-aprelda amalga oshirilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »