Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Mening onam” haram va qora sevgi haqidagi navbatdagi turk seriali emas, u chuqur ma’noga ega ta’sirli film. Serialda onalar va qizlar o‘rtasidagi munosabatlar haqida hikoya qilinadi.

Foto: Filmdan kadr

Sujet markazida onasi Shule va o‘gay otasi bilan birga yashaydigan, biroq o‘ziga g‘amxo‘rlik qilishga majbur bo‘lgan kichkina qiz — Melekning taqdiri turadi. Kattalar unga juda yomon munosabatda bo‘lishadi — o‘gay otasi uni kaltaklaydi, axlat qutisiga solib qo‘yadi, quyonini o‘ldiradi, onasi esa unga mutlaqo e’tibor bermaydi. U taqdirga tan bergan ko‘rinadi — yirtqich hayvonga o‘xshagan erkak bilan yashash, yomon ishda ishlash, bir kundan ikkinchi kunga zo‘rg‘a emaklab yetib olish. Bu qancha davom etishi noma’lum, lekin qizchaga qanday munosabatda bo‘lishayotganini ko‘rib turgan Melekning yangi o‘qituvchisi bor va u qizni o‘g‘irlab ketishga qaror qiladi. Ular qochishning mayda tafsilotlarigacha birgalikda o‘ylab chiqishadi: qizning qizil ko‘ylagi suvdan topiladi, yangi ona va qiz esa Istanbulga ketishadi. Lekin bu sarguzashtlarning boshlanishi, keyin bundan ham qiziqarli voqealar boshlanadi.

Foto: Filmdan kadr

Yosh aktrisaga tan bermaslikning iloji yo‘q. U o‘z qahramoni duch keladigan barcha qiyin vaziyatlarni chin dildan va tabiiy o‘ynaydi. Avvaliga u onasi va o‘gay otasini bezovta qilishdan qo‘rqadigan qayg‘uli, ammo mehribon qiz edi, chunki u jazolanishini biladi. Keyin u o‘zini yaxshi ko‘radigan yangi onasi bilan baxtli hayotdan umidvor bo‘lgan bolaga aylanadi. Voqealar rivojida u onasining oilasi bilan uchrashadi, keyin esa qizining suvga cho‘kib ketganiga ishonmagan haqiqiy onasi uni Istanbulda topadi va qizcha ham bu og‘ir sahnani o‘ynashiga to‘g‘ri keladi. Haqiqatan ham qizcha butun serial “yuk”ini o‘zi ko‘taradi, shuning uchun filmni yana ko‘rishni xohlaysiz.

Bu loyihada asosiy narsa ehtiros va muhabbat emas, asosiysi ona va bola o‘rtasidagi munosabatlardir, bu tuyg‘u ba’zan chaqaloq tug‘ilgan paytdan boshlab, ba’zan esa bola kattalar hayotiga kirganida paydo bo‘ladi.

Serialda “haqiqiy ona” haqida so‘z boradi: tug‘gan haqiqiy onami yoki tarbiyalaganmi? Hayot berganmi yoki bola isitmasi ko‘tarilgan kechalari uxlamagan, unga maktab uchun darslik sotib olgan va do‘stlar bilan munosabatlari haqida qayg‘urganimi? Melek uyda hech qanday mehr-muhabbat ko‘rmaydi, lekin ustozi Zeynep uning uchun nafaqat do‘st, balki onaga ham aylanadi. U qiz uchun butun dunyo bilan kurashishga tayyor. Va u buni bir sababga ko‘ra qiladi: haqiqat shundaki, onasi uni ko‘p yillar oldin tashlab ketgan va u onasi bo‘lgan boshqa ayolni ona deb ataydi. Lekin bir paytlar tashlab ketilgani, onasini eslolmasligi, tug‘ilgan kunini bilmasligi sababli paydo bo‘lgan dard Zeynepni qiynaydi. Melekka g‘amxo‘rlik qilish orqali go‘yo o‘zini tarbiyalagan ayoldan qarzini uzmoqchi bo‘ladi.

Foto: Filmdan kadr

Albatta bunchalik sodda bo‘lganida serial turk dramasi bo‘lmasdi! Serial nafaqat ona va asrab olingan qiz o‘rtasidagi munosabatlar haqida, balki u juda ko‘p ikkilamchi, lekin ayni paytda juda muhim jihatlarga ega. Alohida holda Melekning biologik onasi haqida hikoya qilinadi, uning sevimli eri vafot etadi — ayol qo‘lida kichkina bolasi bilan yolg‘iz qoladi. Zeynep oilasidagi munosabatlar ham qiziq, uning fe’l-atvori jihatidan bir-biridan farq qiluvchi ikki o‘gay singlisi borligi ma’lum bo‘ladi: ulardan biri juda mehribon va muloyim, ikkinchisi esa o‘jar va mustaqil. Sirli qotillik uchun shuncha yillarni qamoqda o‘tkazgan Zeynepning haqiqiy onasi ham voqealarga oydinlik kiritolmaydi.

Serialdagi barcha qahramonlarning murakkab munosabatlari tufayli hikoyada oq dog‘lar va topishmoqlar ko‘payadi. Masalan, Melekning onasi nega bunchalik shafqatsiz bo‘lib qoldi, u qizini yaxshi ko‘rar edi-ku? Muloyim va odobli ayol nima uchun qotillik qiladi, kimni va nima uchun o‘ldiradi? Zeynepni asrab olgan ayol va uning biologik onasi qanday qilib bir-birini taniydi? Nima uchun filmda avvaliga asosiy yovuz odam bo‘lib ko‘ringan kelishgan jurnalist yigit paydo bo‘ladi? Eng muhimi, Melek va Zeynep barcha to‘siqlarni yengib, tinchgina yashay olishadimi?

Foto: Filmdan kadr

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »