Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Farmon bilan 2023-yil 1-iyuldan “Jamoatchilik ekologiya nazoratchisi” tizimi joriy qilinadi. Shuningdek, 2023-yil 1-dekabrgacha tumanlarda (shaharlarda) atmosfera havosi ifloslanishi fon monitoringini amalga oshirish uchun avtomatlashgan kichik stansiyalar o‘rnatiladi.

2025-yil yakunigacha respublika hududi bo‘yicha atmosfera havosining tabiiy ifloslanishi yuqori bo‘lgan hududlarni prognozlash va aholini barvaqt ogohlantirish tizimi sinov tariqasida joriy etiladi. 2024-yil yakunigacha hududlarni ekologik baholash bo‘yicha indikatorlar asosida “eco-indicator.uz” reytingi shakllantiriladi va har bir hududning ekologik pasporti eʼlon qilinadi.

Farmonga muvofiq, Milliy tabiiy meros obyektlari ro‘yxati joriy etiladi. 2024-yildan, jumladan, quyidagilar uchun har yili 500 milliard so‘m ajratiladi:

  • “yashil belbog‘”, “yashil bog‘” va “yashil jamoat park”lar hamda “yashil qoplamalar” – himoya o‘rmonzorlarini barpo etish va doimiy foydalanuvchiga topshirilgunga qadar saqlab turish;
  • asosiy temir yo‘l va magistral avtoyo‘llar bo‘yida daraxt ko‘chatlarini ekish;
  • har bir tuman va shaharda 5 gektardan kam bo‘lmagan maydonlarda bog‘lar barpo etish.

Shuningdek, 2023-yil yakunigacha har bir davlat tashkiloti va hokimlikning o‘z bog‘lari tashkil etiladi hamda 3 yil davomida parvarishlanadi. 2024-yil 1-yanvardan uy sharoitida yoki kasanachilik asosida daraxt va buta ko‘chatlarini (nihol) yetishtirish faoliyati o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) hisoblanadi.

Qayd etish kerakki, farmon bilan Tabiat resurslari vazirligi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi deb qayta nomlandi.

“Ekonazorat” axborot tizimi haqida

2022-yilda “Ekonazorat” axborot tizimi joriy etilgan edi. Unga ko‘ra, jismoniy shaxslar ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarlik aks etgan foto va videomateriallarni tizimga yuborishi va buning evaziga rag‘batlantirilishi ko‘zda tutilgan.

May o‘rtalariga qadar “Ekonazorat” axborot tizimi orqali 419 ta foto va videofaktlar kelib tushgan. Shundan 166 ta holat (fuqaroning ismi, familiyasi, otasining ismi, doimiy yashash manzili, uyali telefon raqami, bank plastik kartasi raqami va elektron manzili, huquqbuzarlik sodir etilgan joy, sana va vaqt, huquqbuzarlik sodir etgan shaxs to‘g‘risidagi maʼlumotlar ko‘rsatilmaganligi sababli) o‘z tasdig‘ini topmagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »