Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘izistonga 2-iyun kuni amaliy tashrif bilan borgan Shavkat Mirziyoyev Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel bilan muzokara o‘tkazdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, uchrashuvda O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada mustahkamlash va mintaqaviy formatda amaliy hamkorlikni rivojlantirishga oid masalalar keng doirasi ko‘rib chiqildi.

Yevrokengash prezidenti Sharl Mishel Shavkat Mirziyoyevni Konstitusiya bo‘yicha referendumning natijalari bilan tabriklab, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik yangilanishlar va iqtisodiy islohotlar dasturini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirdi va bo‘lajak muhim siyosiy tadbirlar muvaffaqiyatli o‘tishini tiladi.

O‘zbekiston va YeI yetakchilari ikki tomonlama savdoni diversifikasiya qilish va hajmini oshirish, “GSP+” imtiyozli savdo tizimining amal qilish muddatini uzaytirish, samarali transport yo‘nalishlari, eng avvalo, Transkaspiy tranzit yo‘lagini rivojlantirish, “yashil” energetika, innovasiyalar va yuqori texnologiyalar, raqamlashtirish, ekologiya, ta’lim, turizm va boshqa sohalarda qo‘shma dasturlarni amalga oshirish masalalariga alohida to‘xtaldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. Afg‘oniston bo‘yicha maslahatlashuvlarni va ushbu mamlakatga insonparvarlik yordamini davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

Bugun, 2-iyun kuni Cho‘lponotada ikkinchi “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” ikkinchi mintaqaviy uchrashuv bo’lib o‘tadi. Tadbir kun tartibidan Markaziy Osiyo mamlakatlarining Yevroittifoq bilan konstruktiv muloqotini yanada rivojlantirish va amaliy hamkorligini kengaytirish masalalari o‘rin olgan

Bunday formatdagi birinchi mintaqaviy uchrashuv 2022-yil 27-oktabr kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »