Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp prezidentlik davrida rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan yadro quroliga chek qo‘yish ustida ishlagan. Bu haqda u Fox News telekanaliga bergan intervyusida gapirib berdi.

Foto: Getty Images

“Men Putin bilan yadroviy quroldan qutulishni boshlash ustida ishlagandim”, — dedi Tramp.

Uning fikricha, yadroviy urush boshlanishi ehtimoli tufayli Qo‘shma Shtatlar hozir “mamlakat tarixidagi eng xavfli davrda” yashamoqda.

2019-yilda Fox News telekanaliga bergan boshqa intervyusida AQSHning o‘sha paytdagi prezidenti Tramp yadroviy quroldan xalos bo‘lishni xohlashini aytgandi. U Rossiya va Xitoy rasmiylari ham shunday qilishi kerakligini ta’kidlagan.

Bungacha Amerika yetakchisi maʼmuriyatidagi manbalar The Washington Post va CNN telekanallariga Tramp Oq uy rasmiylariga Rossiya va Xitoy bilan yadroviy qurollarni nazorat qilish bo‘yicha bo‘lajak uch tomonlama kelishuvga zamin tayyorlashni topshirganini aytgan. Bundan tashqari, CNN AQSH ma’muriyati Moskva va Vashington o‘rtasidagi strategik hujum qurollarini yanada qisqartirish va cheklash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi kelishuvning o‘rnini bosadigan kelishuvni ishlab chiqayotgani haqida yozgan.

Fevral oyi oxirida Rossiya yadro qurollarini qisqartirish bo‘yicha kelishuvdagi ishtirokini to‘xtatdi. Putinning tushuntirishicha, Moskvaga kelishuv doirasida to‘liq tekshiruv o‘tkazishga ruxsat berilmagan, shubhali obyektlarni tekshirish bo‘yicha arizalar javobsiz qolgan yoki rasmiy sabablarga ko‘ra rad etilgan. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »