Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Buxoro shahrida ijaradagi uyida fohishaxona tashkil qilgan 32 yoshli ayol ushlandi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi

Foto: Buxoro viloyati IIB axborot xizmati

Qayd etilishicha, shaharning “Gulchorbog‘” mahallasida yashovchi, 1991-yilda tug‘ilgan Y.S. ikki nafar mijozga yengil tabiatli X.G. ismli ayolni topib berib, ularning jinsiy aloqa qilishlari uchun o‘zi ijarada yashayotgan xonadonidan joy ajratib bergan. Ayol buning uchun ulardan 300 ming so‘m pul olgan.

Mazkur holat yuzasidan shahar IIO FMB tomonidan Jinoyat kodeksining 131-moddasi (qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bu kabi holatlar Buxoro viloyatida bir necha bor aniqlangan. Xususan, Buxoro tumanida xonadonida 100 ming so‘mga fohishaxona tashkil qilgan 64 yoshli erkak ushlangandi. Buxoro shahri Alpomish ko‘chasida yashovchi, 1980-yilda tug‘ilgan erkak ham yashash xonadonida fuqarolarning jinsiy aloqa qilishi uchun 60 000 so‘m evaziga yetarli shart-sharoit yaratib berib, fohishaxona tashkil qilgani aniqlangani to‘g‘risida xabar berilgan edi. Bir necha kun oldin esa Buxoro shahrida fohishaxona tashkil qilish bilan bog‘liq bir nechta jinoiy holatlarga chek qo‘yilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »