Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Indoneziya mudofaa vaziri Prabovo Subianto Rossiya—Ukraina urushini tinch yo‘l bilan hal qilish rejasini taklif qildi. Unda to‘qnashuv chizig‘ida qurolsizlantirilgan hudud yaratish va u yerga Birlashgan Millatlar Tashkiloti tinchlikparvar kuchlarini joylashtirish kabilar taklif qilingan. Singapurda bo‘lib o‘tgan xavfsizlik anjumanida Subianto shunday tashabbus bilan chiqdi, deb yozadi “TASS”.

Foto: AP Photo

Indoneziyaning tinchlik rejasi quyidagi bandlardan iborat:

  • har ikki tomon o‘t ochishni to‘xtatishi;
  • to‘qnashuv chizig‘ida qurolsizlantirilgan zona yaratish uchun qo‘shinlarni hozirgi pozitsiyalaridan 15 kilometr orqaga olib ketish;
  • qurolsizlantirilgan zonada xalqaro tinchlikparvar kuchlarni joylashtirish;
  • “Bahsli hududlarda aholining istagini obyektiv tasdiqlash uchun” BMT tomonidan referendum tashkil etish.

Subianto “bahsli hududlar” deganda qayerni nazarda tutganini tushuntirmadi. U Indoneziya ushbu jarayonlarning barchasida ishtirok etishga tayyor, deb ta’kidladi.

Vazir sanab o‘tilgan chora-tadbirlar “tarix davomida o‘z samarasini ko‘rsatgan”ini qayd etdi. U Koreya yarimorolini misol qilib keltirdi. “To‘g‘ri, Koreyadagi mojaro hali ham doimiy yechimga muhtoj. Biroq 50 yildan beri hech bo‘lmaganda qandaydir darajada tinchlik bor, bu ommaviy vayronagarchilik va begunoh odamlarning o‘ldirilishidan ko‘ra yaxshiroq”, — deydi Subianto.

Indoneziya Mudofaa vazirligi rahbari “aybni bir tomonga yuklamaslikka” chaqirdi. “Mojaroda har doim ikkita tomon bo‘ladi. Ularning har biri o‘zining haq ekaniga ishonadi”, — dedi u. 

Subianto, shuningdek, forum ishtirokchilariga Ukrainada zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiruvchi deklaratsiya qabul qilishni taklif qildi. 

Rossiyaning Ukrainaga bosqini urushi paytida bir nechta davlatlar, jumladan, Xitoy, Vatikan, Afrika davlatlari, Braziliya va boshqalar o‘z tinchlik rejalarini ilgari surilgan. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy muzokaralarni boshlash uchun rus qo‘shinlari Ukrainaning 1991-yilgi chegarasidan tashqariga olib chiqilishini talab qilmoqda. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »