Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina harbiylari qarshi hujumga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida frontning o‘zlari nazorat qiladigan qismidagi minalangan maydonlarni tozalashni boshladi, deb xabar bermoqda The Washington Post.

Foto: AP Photo

Nashr tushuntirishicha, Ukraina Qurolli kuchlari, xuddi rus armiyasi kabi, butun front chizig‘i bo‘ylab hududlarga minglab minalarni joylashtirgandi, endi bo‘lsa ularni olib tashlash kerak. Shu bilan birga, ehtimoliy hujum joylarini oshkor qilmaslik uchun ukrainalik sapyorlar mina maydonlariga tunda kirib, ularni qo‘lda tozalashga majbur bo‘lmoqda.

Muhandislik bo‘linmasi komandirining so‘zlariga ko‘ra, tozalash ishlari bir necha haftadan beri davom etmoqda.

WP qayd etganidek, Ukraina nazoratidagi hududlarni minalardan tozalash birinchi bosqich, xolos. Chunki frontning Rossiya tomonida ham shunday to‘siqlar mavjud. Ukraina harbiylariga ko‘ra, Rossiya tankka qarshi, piyodalarga qarshi minalar va mina-tuzoqlar qo‘ygan. Harbiylarning ta’kidlashicha, tankka qarshi minalarni dronlar yordamida aniqlash mumkin, ammo piyodalarga qarshi minalarni topish qiyinroq.

Ukraina hujumi aynan qayerdan boshlanishi noma’lum. Gazeta eng ehtimoliy yo‘nalish sifatida Zaporojye viloyatini keltirmoqda, chunki bu mintaqadagi muvaffaqiyatli zarba ukrainalik harbiylarga anneksiya qilingan Qrimni Rossiya bilan bog‘lovchi quruqlik yo‘lagini kesishga imkon beradi.

Ukraina rasmiylari 2022-yil oxiridan beri qarshi hujum haqida gapirmoqda. Dastlab, bu bahorda boshlanishi kutilgan edi, ammo keyinroq sanalar o‘zgardi.

Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Andrey Danilov 27-may kuni qarshi hujum “erta-indin yoki bir haftadan keyin” boshlanishi mumkinligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari hujumga tayyor, ammo qo‘mondonlik eng qulay fursatni kutmoqda. 29-may kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Oliy qo‘mondon shtab-kvartirasining yig‘ilishida Ukraina qo‘shinlarining “harakatlanish vaqti” bo‘yicha qarorlar qabul qilinganini aytdi.

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »