Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahri Chilonzor tumanida 21 yoshli yigit tergovdan qochish maqsadida hojatxonadan pastga sakrab, vafot etgani xabar qilingandi. Shahar IIBB tomonidan voqeaning to‘liq tafsilotlari ochiqlandi

IIBB tomonidan e‘lon qilingan videoda guvohlar, yigitni qabul qilib olgan shifokor fiklari ham keltirilgan. Marhum bilan birgalikda boshqarmaga tergov uchun olib kelingan yigitning so‘zlariga ko‘ra, ularga hech qanday bosim bo‘lmagan. Advokat yollash huquqi ham berilgan. 

“O‘ng cho‘ntagida qora paketda narsa chiqdi. Haydovchi bo‘lganim sababli boshqarmaga birga keldim. U ham mening tanishim edi. Boshqarmada shu moddani topib olganini, chekishini aytdi. Men ovqat olib kelib, qaytib ketdim. Ertasi kuni telefon qildim. Mendan ovqat olib kelishimni so‘radi. Tezkor xodimlar meni chaqirishdi. Kuch ishlatish, urish kabi holatlar bo‘lmadi. Ikki kun o‘sha yerda bo‘lgan bo‘lsam, hech qanday yomon holatlar bo‘lmadi. Ichkarida so‘roq qilinayotgan vaqtim baqir-chaqir bo‘lib ketdi. Hafizulloh o‘zini tashlagan ekan”, — deydi voqea guvohi. 

Tuman IIO FMB xodimlari Hafizullohga zudlik bilan tez tibbiy yordam ko‘rsatilishini ta‘minlash maqsadida shifoxonaga olib borilgan. Unga bosh miya yopiq jarohati, bosh miya yopiq lat yeyishi, bosh suyagining sinishi, tana a‘zolarining gematomasi tashxisi qo‘yilgan. 29-may kuni u kasalxonada vafot etgan. 

Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda marhum ichki ishlar xodimlari tomonidan kaltaklanishi oqibatida vafot etgan, degan fikrlar haqiqatdan yiroq.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »