Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahridan oqib o‘tuvchi kanalda cho‘kib ketgan bolaning jasadi bir kun o‘tib topildi. Bu haqda Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati rahbari Rustam Alimov “Daryo”ga maʼlum qildi.

G‘avvos qutqaruvchilarning qidiruv jarayoni
Foto: Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi

Rustam Alimovning aytishicha, boshqarmaga soat 13:10 da Yangiyo‘l shahridan oqib o‘tuvchi Jo‘nariq kanalida cho‘milmoqchi bo‘lgan 16 yoshli M.I. cho‘kib ketgani haqida xabar kelib tushgan.

“Cho‘kib ketgan bolani topish uchun 3 nafar g‘avvos qutqaruvchilar jalb qilindi. Natijada 4-iyun kuni soat 10:00 larda bolaning jasadi topildi”, — dedi FVB masʼul xodimi.

Qo‘shimcha qilinishicha, holat tegishli organlar tomonidan o‘rganilmoqda.

Farg‘onada ham shu kabi holat

Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida 25-may kuni maktab bitiruvchilari Katta Farg‘ona kanaliga cho‘milishga borgan. Ulardan biri cho‘milish vaqtida suvdan qaytib chiqmagan. FVB xodimlari tomonidan 9 kun davomida qidiruv ishlari natijasida uning jasadi 3-iyun kuni topilgan.

O‘zbekistonda cho‘kib ketish holatlari

O‘zbekistonda 2022-yil yoz mavsumida 142 nafar fuqaro cho‘kish bilan bog‘liq vaziyat tufayli vafot etgan. Baxtsiz hodisalar 51 holatda cho‘milish taqiqlangan, ruxsat etilmagan, cho‘milish uchun sharoit bo‘lmagan, xavfli suv havzalarida cho‘milganlik oqibatida, 85 holatda esa ehtiyotsizlik sabab yuzaga kelgan.

Ushbu cho‘kkanlarning 45,3 foizi voyaga yetmaganlar hisobiga to‘g‘ri keladi. Ehtiyotsizlik oqibatida yuzaga kelgan 85 kishining cho‘kishi daryolar, kanallar hamda ariqlarning ustidagi suv, gaz, chiqindi oqova suv quvurlaridan yo‘lni qisqartirish maqsadida ko‘prik sifatida foydalanib o‘tishlari hamda suv havzalari qirg‘oq bo‘ylarida xavfsizlik qoidalariga rioya etmagani sababli yuz bergan.

Holat yuzasidan hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda, natijasi yuzasidan qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »