Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Stereotiplardan farqli o‘laroq, anime yosh janr emas. O‘tgan o‘n yillar mobaynida ko‘plab TV va OVA seriallari (Original Video Animation — Yaponiyada anime-seriallarning o‘ziga xos formati) qisqa va to‘liq metrajli filmlar chiqarildi. Bu sohalarda eng yaxshi kartinalar ro‘yxatini tuzish deyarli imkonsiz, chunki ma’lumotlar juda ko‘p. Shunday bo‘lsa-da, ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan klassikalar, hayratlanarli darajada bajarilgan va diqqatga sazovor anime kartinalar bilan tanishtiramiz.

“Dunyoning bu burchagida” (2016)

Foto: Filmdan kadr

Suzu Urano — Xirosimada yashovchi oddiy qishloq qizi. U o‘z oilasiga g‘amxo‘rlik qiladi va ba’zida hordiq paytida daftariga dengiz quyonlari rasmini chizadi. Uni boshqa viloyatdan kelgan odamga turmushga berishadi. Hozir u asta-sekin yangi oilaga ko‘nikmoqda. Shu bilan birga, avval imperator Xiroxitoning fashistik davrini, keyin urushni, so‘ngra urushdan keyingi ocharchilik yillarni boshdan kechirmoqda...

Xirosima — hali ham yaponiyaliklar uchun, ayniqsa, anime uchun og‘riqli mavzu, lekin kamdan kam odam bu fojiani o‘z mamlakati tarixining bir qismi deb hisoblaydi. Biroq filmda siyosat mavzusi orqa fonda qoladi: u tabiiy ravishda tajovuzkor politsiya, armiyaga ommaviy jalb qilish va radio xabarlari orqali o‘zini bildirib turadi, lekin hikoyaning markazida unchalik boy bo‘lmagan oilaning oddiy hayoti, muloyim va ijodkor qiz taqdiri turadi... U kattalardek bo‘lishni o‘rganadi, kecha unga begona bo‘lgan odamlarga yordam beradi, deyarli tanimaydigan eri bilan munosabat o‘rnatadi va o‘zida kichik bo‘lsa-da, lekin qalbga iliqlik baxsh etuvchi kuch topa oladi.

“Stimboy” (2004)

Foto: Filmdan kadr

XIX asrdagi Angliya. Rey Stim — juda iste’dodli, mexanikaga qiziquvchi bola, bobosi unga bug‘ sharining chizmalarini yuborganidan so‘ng hayoti siyosiy voqealarga qorishib ketadi.

“Stimboy” — Katsuhiro Otomoning yetarlicha baholanmagan kartinalarining eng yorqin namunasidir. Mazkur animatsiya ruhiy jihatdan yengil va bolalarcha samimiy. Bu ajoyib animatsiyada, ayniqsa, xayoliy mexanizmlar haqida gap ketganda haqiqiy stimpank (XIX asr oxiridagi bug‘ energiyasidan ilhomlanib yaratilgan ilmiy-fantastik yo‘nalish) sarguzashtdir. Otomo — ajoyib grafik. “Stimboy”da bo‘lgani kabi hech qayerda mexanizmlarning ajoyib dizaynini bunchalik aniq ko‘ra olmaysiz, tomosha qilish davomida animatsiya san’ati nimalarga qodir ekaniga qoyil qolishingiz aniq.

“Stimboy” Otomoning “Akira” nomli animatsiyasi singari unchalik mashhur bo‘lolmagan. Bir vaqtlar bu 3D va 2D animatsiyasining kombinatsiyasi nimaga qodirligini ko‘rsatib beruvchi ajoyib film bo‘lgan.

“Yonarqo‘ng‘izlar qabri” (1988)

Foto: Filmdan kadr

Ikkinchi jahon urushidan yolg‘iz, qashshoq va butun dunyoda hech kimga keraksiz bo‘lib chiqqan bolalar haqidagi hikoya. Rejissor Isao Takahata shaxsiy fojiani tasvirlash orqali urush faqat harbiylarning emas, balki barcha odamlarning taqdirini qanday o‘zgartirishi haqida fikr yuritadi.

“Ame va Yuki — bo‘ri bolalari” (2012)

Foto: Filmdan kadr

Yosh qiz Xana bo‘riga aylana oladigan yigitni sevib qoladi va undan ikki farzand ko‘radi: qiz va o‘g‘il. Ammo sevgilisi vafot etgach, oilani boqish, bolalarni oyoqqa turg‘izish uning o‘ziga qoladi.  Bu orada bolalarining haqiqiy yovvoyi bo‘rilar kabi o‘zini tutishi qo‘shnilari, ham ijtimoiy xizmat xodimlarining e’tiborini tortadi...

Mazkur kartinada Mamoru Xosoda o‘zini chiroyli oilaviy anime ustasi sifatida ko‘rsatib, yosh ota-onalarning odatiy qiyinchiliklarini boshqa rakursdan tasvirlaydi. Keyinchalik u “Maxluq shogirdi” va “Kelajakdan kelgan Mirai” filmlarini suratga oladi, ular ham oila mavzusiga tegishli bo‘lib, lekin u buni birinchi bo‘lib “Bo‘ri bolalari”da tasvirlagan. Xosoda buni juda samimiy, ta’sirchan va ayni paytda real tarzda, yosh oila hayotining murakkab tomonlarini yashirishga urinmasdan amalga oshira olgan.

“Kecha” (1991)

Foto: Filmdan kadr

27 yoshli qiz megapolisdan tug‘ilib o‘sgan qishlog‘iga qaytadi, bir vaqtning o‘zida bolaligini eslab, o‘zini anglaydi. Isao Takahata va Xayao Miyazaki o‘rtasidagi hamkorlik shirin-achchiq nostalji tuyg‘usi bilan tasvirlangan.

“Bu yerdan okean eshitiladi” (1993)

Foto: Filmdan kadr

Ikki do‘st bir qizni sevib qoladi — sujet dunyo kabi eski, shunga qaramay Tomomi Mochizuki multfilmga o‘zgacha joziba bag‘ishlashga muvaffaq bo‘ladi. Dengiz bo‘yidagi sokin shaharchadagi uch nafar o‘rta maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi murakkab munosabatlar haqida o‘ylantiradigan drama.

“Qobiqdagi ruh” (1995)

Foto: Filmdan kadr

Kelajakda jinoyatchilik hozirgidan-da ayanchli ahvolda bo‘ladi. Ammo endi kibertexnologiyalar rivojlanishi bilan firibgarlar o‘ziga xos turdagi jinoyatlarni sodir etish imkoniyatiga ega bo‘ladi: neyron implantlari orqali odamlarning shaxsiy ma’lumotlarini o‘g‘irlash, “arvoh”-kiborgni buzish ... Maxsus bo‘limning eng yaxshi xodimasi — kiborg, mayor Motoko Kusanagi shunday jinoyatchilarning iziga tushgan. Bu ishi bilan u Qo‘g‘irchoqboz laqabli sirli jinoyatchining e’tiborini tortadi.

Mamoru Osiining boshqa filmlaridan farqli o‘laroq “Qobiqdagi ruh” 2029-yilda Tokioning sirli sovuq dunyosiga boshqacha nazar bilan qaraydigan ulkan franshizaga asos solgan. Biroq boshqa filmlarning hech biri Mamoru Osiining sehrli muhitini takrorlay olmagan. Albatta, bu narsa ularning mashhurligiga ta’sir qilmaydi, shunchaki “Qobiqdagi ruh” janr chastotasiga qaramay, takrorlab bo‘lmaydigan filmga aylangan. Bu ishning uddasidan chiqisholmagan, garchi Yaponiyada ham, Gollivudda ham bunga urinishlar bo‘lgan.

“Pom Poko: Xeysey davridagi Tanuki urushi” (1994)

Foto: Filmdan kadr

Komediya, drama va fantastika uyg‘unligi, tabiatga g‘amxo‘rlik qilish muhimligi haqidagi ajoyib multfilm. Ushbu ertak-animeda Isao Takahata shaklini o‘zgartirish va odamga aylanish qobiliyatiga ega tanuki — yenotsimon itlarni tomoshabinlarga tanishtiradi. Yashash joylari vayron qilingan tanukilar sehrli kuchlaridan odamlarning tajovuzkorligidan himoyalanish uchun foydalanishga qaror qilishadi.

“Yurak shiviri” (1995)

Foto: Filmdan kadr

Hayotda duch kelinishi mumkin bo‘lgan tanlov haqidagi film: maktab o‘quvchisi Shidzuku skripka yasashni o‘rganayotgan va o‘ziga tortadigan kasb topishni orzu qiladigan bolani sevib qoladi. Bularning barchasi impressionist rassom Naohisa Inouening go‘zal manzaralari fonida sodir bo‘ladi.

“Mushukning qaytishi” (2002)

Foto: Filmdan kadr

Xiroyuki Morita rejissorligidagi antiqa film. Unda Xaru ismli qiz mushuklar qirolligining shahzodasi bo‘lgan mushukni qutqaradi. Gapiruvchi hayvonlar, hazil va biroz bema’nolik multfilmga o‘zgacha atmosfera baxsh etgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »