Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Afg‘oniston milliy elektr kompaniyasi (Da Afghanistan Breshna Sherkat – DABS) o‘tgan yili Tojikiston, O‘zbekiston va Erondan 252 million dollarga elektr energiyasi import qilganini ma’lum qildi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

“Breshna” kompaniyasi vakillarining aytishicha, o‘tgan yili Afg‘oniston Tojikiston, O‘zbekiston va Erondan 260 million dollardan ortiq elektr energiyasi import qilgan. “Breshna” rahbari Abdul Rahmon Rahmoniy yillik hisobotida kompaniya elektr energiyasini sotib olish uchun 2022-yilda Tojikistonga 96 million dollar, O‘zbekistonga 94 million dollar, Eronga esa 62 million dollar to‘langanini keltirgan.

Afg‘oniston elektr kompaniyasi qo‘shni davlatlardan elektr energiyasini import qilishdan tashqari, 22,3 million mahalliy elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga to‘lagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda Afg‘onistonning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojining qariyb 75 foizi qo‘shni davlatlar hisobiga ta’minlanmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »