Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Eron Ukrainaga qarshi urush uchun Rossiyaga turli turdagi o‘q-dorilarni bir million dollardan ko‘proqqa sotgan. Bu haqda ikki mamlakat o‘rtasidagi shartnomaga tayanib, Sky News xabar berdi.

Foto: Reuters

Jurnalistlar 2022-yil 14-sentyabrdagi tegishli hujjatlarni qo‘lga kiritgan, ekspertlar uni batafsil tahlil qilgan va “ishonchli” deb atagan.

“Bu eronliklar va ruslar o‘rtasida o‘q-dorilar bo‘yicha shartnoma. Biz uning 100 foiz haqiqiyligiga ishonamiz”, — deyiladi xabarda.

Shartnoma ilovasida Tehron Moskvaga T-72 tanklari uchun 125 mm stvollar, 122 mm D-30 gaubitsalari uchun stvollar, tank va artilleriya o‘q-dorilarini bergani qayd etilgan. Umuman olganda, buning uchun taxminan 740 ming dollar sarflangan. Shuningdek, jo‘natilishi rejalashtirilgan 122 mm va 152 mm o‘q-dorilar uchun o‘nlab snaryadlar sanab o‘tilgan.

Foto: Sky News

Sky News hujjatlarni Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Jeyms Kleverliga ko‘rsatgan. Kiyev va London materiallarning haqiqiyligini tekshirishni rejalashtirayotganliklarini va shartnomaning haqiqati tasdiqlansa, “chora ko‘rishlarini” aytgan.

Foto: Sky News

Ukrainaning Britaniyadagi elchisi Vadim Pristayko Sky News telekanaliga bergan izohida, “Biz shunga o‘xshash narsa sodir bo‘layotganidan gumon qilgandik. Buni uni tekshirib ko‘rganimizdan keyin tegishli chora ko‘rishimiz mumkin”, — degan u.

Rossiya elchixonasi va Eronning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi vaziyatga izoh bermayapti.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »