Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya Mudofaa vazirligi 4-iyun kuni ertalab Ukraina Qurolli kuchlari frontning Janubiy Donetsk yo‘nalishidagi beshta sektorida keng ko‘lamli qarshi hujum boshlaganini da’vo qilmoqda. Bu haqda vazirlik 5-iyunga o‘tar kechasi bayonot berdi.

Vazirlik maʼlumotlariga ko‘ra, janglarda Ukraina Qurolli kuchlarining 23- va 31-mexanizatsiyalashgan brigadalari boshqa harbiy qismlar va bo‘linmalar ko‘magida qatnashgan. Hammasi bo‘lib, Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina kuchlarining oltita mexanizatsiyalashgan va ikkita tank batalyonlari jalb qilingan.

Mudofaa vazirligining bayonotida aytilishicha, Ukraina Qurolli kuchlarining maqsadi frontning eng zaif sektorida rus qo‘shinlari mudofaasini yorib o‘tish bo‘lgan.

“Dushman o‘z vazifalarini bajara olmadi, muvaffaqiyatga erishmadi”, — deyiladi bayonotda.

Vazirlik maʼlumotlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlarining yo‘qotishlari 250 nafardan ortiq shaxsiy tarkib, 16 ta tank, uchta piyodalar uchun jangovar texnika va 21 ta zirhli jangovar texnikani tashkil qiladi.

Rossiya Bosh shtab boshlig‘i Valeriy Gerasimov “bu paytda ushbu yo‘nalishdagi ilg‘or qo‘mondonlik punktlaridan birida edi”, deyiladi vazirlik bayonotida.

Ukraina Qurolli kuchlari Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotiga hozircha izoh bermadi.

Zaporojye viloyatining Rossiya nazorati ostidagi qismi maʼmuriyati vakili Vladimir Rogovning maʼlum qilishicha, 4-iyun kuni tushdan keyin Ukraina Qurolli kuchlari Zaporojye yo‘nalishi bo‘yicha Rossiya qo‘shinlarini yorib o‘tishga uringan. Unga ko‘ra, Ukraina kuchlari 400 metr ilgarilagan, biroq rus qo‘shinlari ularni orqaga surib yuborgan. Rogovning ta’kidlashicha, asosiy janglar Novodarovka, Rovnopol va Vremyevka aholi punktlari yaqinida bo‘lgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »