Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya qo‘shinlari Baxmutdan shimoli-g‘arbda joylashgan Berxovka qishlog‘ining bir qismi ustidan nazoratni yo‘qotdi. Bu haqda “Vagner” xususiy harbiy kampaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojin ma’lum qildi.

Foto: Videodan kadr

Uning ta’kidlashicha, may oyida Ukraina armiyasining Baxmut atrofida o‘tkazgan mahalliy qarshi hujumi paytida rus qo‘shinlari hukmron g‘arbiy balandlikdan sharqda joylashgan Berxovkaga chekingan. Shu bilan birga, Rossiya Bosh shtabi buni “mudofaa uchun foydaliroq pozitsiyalarga qayta guruhlash” deb atagan.

“Hozirda Berxovka aholi punktining bir qismi allaqachon qo‘ldan boy berilgan, qo‘shinlar asta-sekin chekinmoqda. Sharmandalik! Shoygu, Gerasimov, men sizni frontga kelishga, armiya oldinga siljishi uchun pistolet bilan ularni boshqarishga chaqiraman. Olg‘a, sizlarning qo‘lingizdan keladi. Agar qila olmasangiz, qahramonlarcha o‘ling”, — dedi Prigojin.

Ma’lumot uchun, Berxovka shunday pozitsiyada joylashganki, uning ozod qilinishi bosqinchilar uchun Baxmut atrofidagi butun shimoliy qanotning sezilarli darajada zaiflashishini anglatadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »