Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kaxovka GESi portlatilganiga munosabat bildirib, hodisada Ukrainani aybladi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Foto: “RBK”

Peskovga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin vaziyat haqida ma’lumot olgan.

“Prezident Mudofaa vazirligi va boshqa xizmatlardan Kaxovka GESi atrofida sodir bo‘layotgan voqealar haqida xabar olmoqda. Gap Ukraina tomonining ataylab uyushtirgan qo‘poruvi haqida ketmoqda”, — dedi Peskov.

U “bu qo‘poruvchilik mintaqaning bir necha o‘n minglab aholisi uchun jiddiy oqibatlarga, shuningdek, ekologik va hali aniqlanmagan boshqa xarakterdagi muammolarga olib kelishi mumkinligini” aytdi.

“Moskva Kaxovka GESidagi raketa hujumiga aloqadorligi haqidagi ayblovlarni qat’iyan rad etadi. Bu Kiyev rasmiylarining buyrug‘i bilan amalga oshirilgan — sodir bo‘lgan voqea uchun ular javobgar bo‘lishi kerak”, — dedi Kreml matbuot kotibi.

“Biz ularning ayblovlarini qat’iyan rad etishimiz mumkin. Shuni rasman e’lon qilamiz: bu aniq Ukraina tomonining Kiyevdan, Kiyev rejimining buyrug‘i bilan rejalashtirilgan va amalga oshirilgan ataylab qilingan sabotaji. Kiyev rejimi barcha oqibatlar uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi kerak”, — dedi u Rossiyaga qarshi bunday ayblovlarga izoh berarkan.

Aholini evakuatsiya qilish talab qilinadimi, degan savolga u: “Bilmayman. Endi mahalliy hokimiyatdan xabarlarni kutishimiz kerak”, dedi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »