Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Buxoro viloyati IIB Kogon tumanida poyezd va yuk mashinasi ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berdi.

Kadr: Telegram

Qayd etilishicha, 6-iyun kuni taxminan soat 16:10 larda Kogon tumani hududidan o‘tuvchi qo‘riqlanmaydigan temiryo‘l kesishmasidan harakatlanib kelayotgan poyezd teplovozi Buxoro tumani “Zarmanoq” mahallasida yashovchi B.L. boshqaruvidagi Shacman rusumli yuk mashinasi bilan to‘qnashishi natijasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Mazkur to‘qnashuv natijasida hech kim tan jarohati olmagan, faqatgina transport vositalariga biroz texnik shikast yetgan.

Hozirgi vaqtda holat yuzasidan Kogon tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Poyezd va yuk mashinalari to‘qnashuvi

2020-yil may oyida Zarafshon shahri yaqinida teplovoz poyezd hamda MAN ishtirokida yo‘l transport hodisasi yuz bergandi. O‘sha yilning oktabrida esa Farg‘onada shlagbaumni aylanib o‘tmoqchi bo‘lgan yuk mashinasi poyezd bilan to‘qnashishi oqibatida haydovchi voqea joyida vafot etgandi. 2021-yilda bo‘lsa Namanganda poyezd va “ZIL” to‘qnashuvi oqibatida yuk mashina haydovchisi jiddiy jarohat olgan edi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »