Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Eron Rossiya, Qatar va Turkmaniston ishtirokida gaz xabi yaratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Islom respublikasi neft vaziri Javad Oujiga tayanib, Sputnik xabar berdi.

Foto: Sputnik

Ma’lum qilinishicha, gaz xabi Fors ko‘rfazining shimoliy qirg‘og‘idagi Bushir viloyatida joylashgan Assaluye sanoat hududida quriladi.

“Biz gaz zaxiralari bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turamiz, shuning uchun Rossiya, Qatar va Turkmaniston bilan hamkorlikda Assaluyeda xab yaratishni rejalashtirmoqdamiz”, — dedi vazir.

Javad Ouji loyiha qachon amalga oshirilishi haqida ma’lumotlar bermadi.

Rossiya va Eron munosabatlari

Moskva va Tehron o‘rtasidagi munosabatlar mustahkamlanishda davom etmoqda. Mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik G‘arb davlatlari va sanksiyalarni chetlab o‘tib, to‘g‘ridan to‘g‘ri energiya, oziq-ovqat, qurol-yarog‘ savdosiga qaratilgan.

Bundan tashqari, Eron va Rossiya global savdo yo‘lida Suvaysh kanaliga raqobat bo‘luvchi temiryo‘l quradi. Rasht-Astara temiryo‘li Hindiston, Eron, Rossiya, Ozarbayjon va boshqa mamlakatlarni temiryo‘l va dengiz orqali bog‘laydigan koridorning muhim bo‘g‘ini sifatida qaralmoqda. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »